Clément Marot (talaffuzi: Klemen Magʻu, shuningdek, Maro deb ham talaffuz qilinadi; 1496-yil 23-noyabr — 1544-yil 12-sentyabr) — fransuz uygʻonish davri shoiri[1].

Clément Marot.

Tarjimai holi

tahrir

Clément Marot 1496—1497-yillar qishida (aniq sanasi mavjud emas), Kersi provinsiyasining bosh shahri boʻlmish Kagorshahrida tugʻilgan. Uning otasi Jin Marot (mil. 1463—1523), asli familyasi Mares, Marais yoki Marets boʻlishi ham mumkin, Kan mintaqasidagi normandiyaliklardan boʻlib, shoirlik uning kasbi edi. Normandiyalik shoir Fransiya qirolichasi Anna (asli Britaniyalik) saroyida eskripvayn (laureat shoir va tarixshunos) lavozimida xizmat qilgan. Clément uning ikkinchi xotinining farzandi edi. Maʼlumotlarga qaraganda Clément Parij universitetida huquq boʻyicha tahsil olgan. Kelib chiqishi normandlarga borib taqaluvchi shoir Jin Marot oʻz oʻgʻliga sheʼr yozishning zaʼmonaviy usullarini oʻrgatadi va u bilan jiddiy mashgʻulotlar olib boradi[2].

1514-yilda, qirol Frencis I taxtga kelishidan oldin, Clément unga Minos ustidan hukm asarini taqdim etgan. 1519-yilda sanʼatning buyuk homiysi boʻlmish qirolning singlisi Margaret d’Alenson (keyinchalik Margaret de Neverre) qoʻlida xizmat qilgan. Keyingi yili esa Flandriyadagi lagerda boʻlib, urush dahshatlari haqida yozgan[2].

 
1731-yilda Avrankes Hyut yepiskopi maqolasi va Per Filloning gravyurasi bilan nashr etilgan.

Margaret qoʻl ostidagi sanʼat ahli singari Clémentni ham oʻzining nafisligi, mehribonligi va aqlli bilan oʻziga rom etgan, ammo ular ishqiy munosabatda boʻlgan deb fikrlash uchun hech qanday asos yoʻq. Clément malika saroyida ijod qilgan davrda uning sheʼriy uslubi oʻzgarib, sayozlik darajasi pasayib boshlagan. U oʻsha paytlardagi baʼzi sheʼrlarida Diana de Pyutre nomli xonim haqida eslab ham oʻtgan[2].

Shu bilan birga, Marot Sorbonna vakili Fransua de Sagon ismli shoir bilan shoirona tarzda bahslashib turgan. Fransuz shoirlari oʻzlarini Marotist(Marot tarafdori) yoki Sagonist nomlari orqali sifatlashar edi. Gʻalaba aql ustinligi bilan Marot tarafida boʻlgan, ammo, shu tufayli u oʻziga koʻplab dushman orttirgan[2]. Marot oʻzining sherigi Fransua Villonning asarlarini ham tahrir qilgan.

Shoirning tarjimasi hisoblanmish "Zabur" 1541- va 1543-yillarda qirollik topshirigʻi bilan nashr etilgan boʻlsa-da, cherkov haligacha kitobning fransuz tiliga oʻgirilgan tarjimalarga eʼtiroz bildiradi. 1543-yilda Marot qirolning himoyasiga tayanmaslikka qaror qiladi. Shu sababdan Jenevaga jkoʻchib oʻtadi[2]. U yerda oʻz kitobi (Zabur) ustida ishlagandan soʻng, Kalvinning taʼsiri kuchaygach, yana oʻz manzilini oʻzgartirishiga toʻgʻri keladi va Piedmontga joʻnab ketadi. U 1544-yil kuzida Turinda vafot etadi. U Fransiyaning Rimdagi elchisi hisobidan shaharda joylashgan cherkovda dafn qilindi.

Nashrlari

tahrir

Marotning eng muhim dastlabki nashrlari 1538- va 1544-yillarda Lionda nashr etilgan. 1596-yilda kitoblarining kengaytirilgan nashri Fransua Mizerre tomonidan tahrirlangan[2]. Parijlik bosmachi Denis Janot ham Marot kitoblarining bir nechta muhim nashrlarini chop etgan[3]. Keyingi davrlarda Nicholas Lenglet Dyu Fresnoy (Gaaga, 1731) va P. Jannet (1868—1872; yangi nashr, 1873—1876), chop etishgan va hozirda ular chop etgan nashr eng zoʻri deya taʼkidlanib kelinadi.

Manbalar

tahrir
  1. Tilley, ArthurChapter IV. Marot“, . The Literature of the French Renaissance. Cambridge University Press, 1904 — 53–83-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Saintsbury 1911.
  3. Rawles, Stephen (1976). „An un-recorded edition of the works of Clement Marot printed by Denis Janot“. Bibliothèque d'Humanisme et Renaissance. 38-jild, № 3. 485–88-bet. JSTOR 20675626.