Clash of Clans(klanlar toʻqnashuvi) — bu 2012-yilda Finlandiya oʻyin ishlab chiqaruvchisi Supercell tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan bepul mobil strategik video oʻyin. Oʻyin iOS platformalari uchun 2012-yil 2-avgustda va Android uchun Google Playda 2013-yil 7-oktabrda chiqarilgan.

Oʻyin xayoliy mavzudagi[1] doimiy dunyoda[2] oʻrnatiladi, bu yerda oʻyinchi sehrli qishloq boshligʻi hisoblanadi. Clash of Clans oʻyinchilarga boshqa oʻyinchilarning qishloqlariga hujum qilish natijasida olingan resurslardan foydalangan holda oʻz qishloqlarini qurishni topshiradi; mukofotlar olish, ularni medallar bilan sotib olish yoki oʻz qishlogʻida ishlab chiqarish. Hujum qilish uchun oʻyinchilar resurslardan foydalangan holda turli xil qoʻshinlarni tayyorlaydilar. Asosiy manbalar — oltin, eliksir va qora eliksirdir.Oʻyindagi eng qimmatli resurslardan biri bu yashil qimmatbaho toshlar (inglizcha: gem) hisoblanadi.Oʻyinchilar klanlarni, yaʼni, ellik kishigacha boʻlgan guruhlarni yaratib oʻzaro birlashishi mumkin, keyin ular klan urushlarida birga ishtirok etishlari, oʻz askarlarini oʻzaro xayriya qilishlari va qabul qilishlari va albatta bir-birlari bilan suhbatlashishlari mumkin.

Oʻyin jarayoni

tahrir

Clash of Clans — bu onlayn koʻp oʻyinchi oʻyin boʻlib, unda oʻyinchilar klan deb ataladigan jamoalarni tuzadilar, qoʻshinlarni tayyorlaydilar va resurslarni topish uchun boshqa oʻyinchilarga hujum qiladilar. Oʻyinda toʻrtta valyuta yoki manba mavjud[1]. Oltin va eliksir oʻyinchi qishlogʻini boshqa oʻyinchilarning hujumlaridan himoya qiluvchi himoya va tuzoqlarni qurish va kuchaytirish, binolarni qurish va takomillashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Eliksir va qora eliksir, shuningdek, qoʻshinlarni jangga tayyorlash uchun ishlatiladi. Qimmatbaho toshlar yuqori darajadagi valyutadir. Shuningdek, Hokimiyat Binosi 4-bosqichida Quruvchi Bazasi deb nomlanuvchi ikkinchi bazaga olib boruvchi qayiqni tuzatish va ikkinchi bazaga tashrif buyurish mumkin boʻladi. U yerning quruvchi eliksir va quruvchi oltin nomli oʻz valyutasi mavjud. Oʻyinda 3-baza ham mavjud boʻlib unga tashrif buyurish uchun klan bosqichi kamida 2 va Hokimiyat Binosining bosqichi kamida 6 boʻlishi kerak[1]. Hujumlar uch yulduzli shkala boʻyicha baholanadi va maksimal vaqt davomiyligi uch daqiqaga teng[1].

Binolar

tahrir

Oltin va eliksirni topish va saqlash uchun oʻyinchilar mos ravishda oltin konlari va oltin omborlari, eliksir kollektorlari(yigʻuvchilar) va eliksir omborlarini qurishlari kerak. Eliksir yangi qoʻshinlarni tayyorlash, laboratoriyada qoʻshinlarni takomillashtirish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish va asosan boshqa oʻyinchi bazasiga hujum qilishda ishlatiladigan binolarga tegishli maʼlum binolarni qurish va yaxshilash uchun ishlatiladi. Oltin mudofaa binolarini qurish va shahar hokimiyati binosi(inglizcha: town hall)ni kuchaytirish uchun ishlatiladi, bu esa koʻproq binolarga va mavjud binolar uchun yuqori darajalarga kirish imkonini beradi. Hokimyat Binosi 7-bosqichga chiqqanda qora eliksir mavjud boʻladi; bu turdagi eliksir qora eliksir qoʻshinlarini, masalan, Varvarlar Qiroli va Kamonchi Qirolicha kabi qahramonlarni tayyorlash va kuchaytirish uchun ishlatiladi va Hokimiyat Binosi 8-bosqichdan boshlab, qora jodugarlar(inglizcha: night witch)ni yaratadi. Qora eliksirni topish va saqlash uchun oʻyinchilar qora eliksir ishlab chiqaruvchilarni va qora eliksir omborlarini qurishlari kerak. Hokimiyat Binosi 9-bosqichga chiqqach Kamonboz Qirolicha mavjud boʻladi.Hokimiyat Binosini 15-bosqichgacha kuchaytirish mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Clash of Clans“.
  2. Uysal, Ahmet (9-mart 2016-yil). „Commitment to multiplayer online games: An investment model approach“. Computers in Human Behavior. 61-jild, № August 2016. 357–363-bet. doi:10.1016/j.chb.2016.03.028.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()

 

Havolalar

tahrir