Colleen Hoover(1979-yil 11-dekabr) – amerikalik yozuvchi, asosan ishqiy, romantik va fantastika janrlarida romanlar yozadi.

Hayoti tahrir

 
Colleen Hoover

Colleen Hoover 1979-yilning 11-dekabrida Texasning Sulphur Springs shahrida tugʻilgan[1].Uning asl ismi Margaret Colleen Fennell boʻlgan. Colleen Texasning Saltillo shahrida oʻsgan va 1998-yilda Saltillo oʻrta maktabini tamomlagan.2000-yilda Heath Hooverga turmushga chiqgan[2] va ularning uchta oʻgʻli bor(Cale, Levi va Beckham). Colleen Hoover Texas A&M-Commerce universitetini ijtimoiy ish boʻyicha oʻqigan va shu yerni tugatgan. U mualliflik faoliyatini boshlashdan oldin turli ijtimoiy ishlarda ishlagan va oʻz vaqtida oʻqituvchilik ham qilgan.2016-yilda chop etilgan „ It Ends with Us“ ishqiy romani bilan mashhurlikka erishadi. Uning koʻpgina asarlari nashriyot tomonidan olib ketilgunga qadar mustaqil ravishda nashr etilgan.2022-yil oktabr holatiga koʻra, Colleen taxminan 20 million kitob sotgan. Time jurnali tomonidan 2023-yilda dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri deb topilgan.[3] .Colleen oʻz oilasi bilan 2015-yilda „The Bookworm Box“ xayriya kitob doʻkoniga asos soladi. U yerda har yili kitobga imzo chekish(Book Bonanza) boʻlib oʻtadi, unda 200 dan ortiq mualliflar ishtirok etadi, shuningdek, kam taminlanganlarga oziq-ovqat bilan taminlash uchun mablagʻ yigʻish yillik auksionlari ham oʻtkaziladi. Butun mamlakat boʻylab boshqa xayriya tashkilotlari ham bunda qatnashadi. Bugungi kunga qadar „The Bookworm Box“ muhtojlarga yordam berish uchun 1 000 000 AQSH dollaridan ortiq xayriya qilgan.[4]

Asarlari tahrir

  • Slammed (2012)
  • Point of Retreat (2012)
  • This Girl (2013)
  • Hopeless
  • Hopeless (2013)
  • Losing Hope (2013)
  • Finding Cinderella (2014)
  • Finding Perfect (2019)
  • Maybe Someday (2014)
  • Maybe Not (2014)
  • Maybe Now (2018)
  • Never Never (2015)
  • Never Never: Part Two (2015)
  • Never Never: Part Three (2015)
  • It Ends With Us (2016)
  • It Starts With Us (2022)
  • Ugly Love (2014)
  • Confess (2015)
  • November 9 (2015)
  • Too Late (2016)
  • Without Merit (2017)
  • All Your Perfects (2018)
  • Verity (2018)
  • Regretting You (2019)
  • Heart Bones (2020)
  • Layla (2020)
  • Reminders of Him (2022)

Mukofotlari tahrir

  • Goodreads Choice Awards Romance(2013)
  • UtopYA Con Awards Most Innovative Marketing(2014)
  • Goodreads Choice Awards Romance(2015)
  • Goodreads Choice Awards(2016)

Manbalar tahrir

  1. „C.H biografiyasi“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  2. „Colleen Hooverning oilasi“. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  3. „Time jurnali“ (inglizcha). Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.
  4. „Bookworm box“ (inglizcha). 2023-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2023-yil.

Havolalar tahrir