Conflict Transformation in Central Asia
„Conflict Transformation in Central Asia“ (tarjimasi „Markaziy Osiyoda mojarolarga barham berish urinishlari“), toʻliq nomi „Conflict Transformation in Central Asia: Irrigation Disputes in the Ferghana Valley“ (tarjimasi „Markaziy Osiyoda mojarolarga barham berish urinishlari: Fargʻona vodiysidagi irrigatsiya bahslari“) — Shveysariyadagi Bern universiteti xodimi Christine Bichsel yozgan kitob. Asar Fargʻona vodiysidagi suv va yer masalalari tufayli yuzaga kelgan millatlararo nizolar tahliliga bagʻishlangan. 2009-yil „Routledge“ nashriyotida ingliz tilida bosilib chiqqan.
Muallif(lar) | Christine Bichsel |
---|---|
Til | inglizcha |
Nashriyot | Routledge |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2009 |
Sahifalar soni | 169 |
ISBN | ISBN 978-0-415-46725-4 |
Kitobda uch xalqaro tashkilot – Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Mercy Corps hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi Fargʻona vodiysida 2000–2006-yillar oʻrtasida amalga oshirgan tinchlik oʻrnatish boʻyicha loyihalar tahlili keltirilgan. Bichselning xulosa qilishicha, xalqaro tashkilotlar loyihalari Fargʻona vodiysidagi irrigatsiya va yer bahslarini hal qilishda tayin natijaga erishga olmagan. Muallif Fargʻona vodiysi misolida keltirgan asosiy argumentlaridan biriga koʻra, mojarolarga muhtojlik va zoʻravonlik oʻrtasidagi bogʻliqlik emas, balki ijtimoiy jarayon sifatida qarash lozimdir[1].
Kitobda Fargʻona vodiysidagi uch guruh qishloqlar tahlil qilingan. Bular 1) Oʻzbekistonning Soʻx eksklavidagi Xushyor qishlogʻi bilan Qirgʻizistonning Botken viloyatidagi Chorbogʻ va Soʻgʻment qishloqlari, 2) Botken viloyatidagi Pulgon, Xolmiyon va Olgʻa qishloqlari hamda 3) Botken viloyatidagi Oq-Soy va Tojikistonning Isfara shahriga qarovchi Vorux qishlogʻining Tojikon mahallasidir. Jawaharlal Nehru universiteti xodimi Alok Kumar „Conflict Transformation in Central Asia“ kitobiga yozgan taqrizida asarda turli misollar koʻrib chiqilganini olqishlagan, ammo miqdoriy tadqiqot metodlaridan foydalanilmagani va iqtisodiy faktorlar eʼtiborga olinmaganini tanqid qilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Kumar, Alok (2011). „Bichsel, Christine . Conflict Transformation in Central Asia: Irrigation Disputes in the Ferghana Valley (Oxon: Routledge, 2009). Pp. Xvi + 169. Price $150“. India Quarterly: A Journal of International Affairs. 67-jild, № 3. 285–287-bet. doi:10.1177/097492841106700309.