Cormac McCarthy(toʻliq ismi Charles Joseph McCarthy) – amerikalik yozuvchi. Yozuvchi oʻn ikkita roman, ikkita pyesa, beshta ssenariy va uchta qisqa hikoyalar muallifidir. McCarthy Amerikaning eng buyuk yozuvchilaridan biri sifatida ham tanilgan[1].

Cormac McCarthy

Hayoti va ijodi tahrir

Charles Joseph McCarthy 1933-yilling 20-iyulida Rod-Aylendning Providens shahrida tugʻilgan. Uning onasining ismi Gladys Christina McGrail[2], otasining ismi esa Charles Joseph McCarthy edi. Ular oilada olti farzand boʻlgan[3]. McCarthy Mary’s Parochial maktabi va Noksvill oʻrta maktabida tahsil oladi.1951-yilda esa Tennessi universitetida sanʼat yoʻnalishida oʻqishni boshlaydi. Professor undan XVIII-asr insholar toʻplamini darslikka qoʻshish uchun uni qayta tiklashni soʻraganidan soʻng McCarthy yozishga qiziqib qoladi[4].1953-yilda u kollejni tark etib,AQSh havo kuchlariga qoʻshiladi.1957-yilda esa yana kollejga qaytib keladi va u yerda ingliz tilini oʻrganadi va talabalarning „The Phoenix“ adabiy jurnalida „Wake for Susan“ va „A Drowning Incident“ nomli ikkita hikoyasini nashr etadi.1959–1960-yillarda Ingram-Merrill mukofotini qoʻlga kiritadi.1965-yilda McCarthyning birinchi romani „The Orchard Keeper“ nashr qilinadi.1966-yilda birinchi romani uchun Uilyam Folkner jamgʻarmasi mukofotiga sazovor boʻladi. Keyinchalik 1974-yilda PBS xodimi Richard Pearce McCarthy bilan bogʻlanib, undan „Visions“ teleseriali epizodi uchun ssenariy yozishni soʻraydi. Oradan ikki yil oʻtib, 1976-yilda ssenariyni yozib tugatadi va „The Gardener’s Son“ deb nomlangan epizod 1977-yilning 6-yanvarida namoyish etiladi. Shuningdek bu teleserial xorijdagi koʻplab kinofestivallarda namoyish etiladi. Epizod 1977-yilda ikkita Primetime Emmy mukofotiga nomzod boʻladi. Cormac McCarthy 2023-yilning 13-iyun kuni Santa-Fedagi uyida 89 yoshida vafot etadi[5].

Asarlari tahrir

 
  • The Orchard Keeper(1965)
  • Outer Dark (1968)
  • Child of God (1973)
  • Suttree (1979)
  • Blood Meridian or The Evening Redness in the West(1985)
  • All the Pretty Horses (1992)
  • The Crossing (1994)
  • Cities of the Plain (1998)
  • No Country for Old Men (2005)
  • The Road (2006)
  • The Passenger (2022)
  • Stella Maris (2022)

Mukofotlari tahrir

  • Pulitzer Prize for Fiction(2007)
  • MacArthur Fellowship(1981)
  • National Book Award for Fiction(1992)
  • Guggenheim Fellowship for Creative Arts, US & Canada(1969)
  • National Book Critics Circle Award for Fiction(1992)
  • Tähtivaeltaja Award(2009)
  • James Tait Black Memorial Prize – Fiction(2006)
  • Quill Award for General fiction(2007)

Manbalar tahrir

  1. „Cormac McCarthy was the greatest author“. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  2. „Onasi haqida malumotlar“. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.
  3. „Oilasi haqida“.
  4. „Cormac McCarthy“.
  5. „C.McCarthy o'limi haqida“. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.