Cutervo milliy bog‘i
Cutervo milliy bogʻi (ispancha: Parque Nacional de Cutervo) 1961-yilda tashkil etilgan boʻlib, Perudagi eng birinchi ochilgan qoʻriqlanadigan hududlaridan biridir.[1] U shimoliy Perudagi, Cajamarcha mintaqasida joylashgan. Bogʻning umumiy maydoni 8,214 gektar boʻlib, And togʻlarining oʻrmon va paramo hududlarini himoya qilish uchun ochilgan. Bu joylarda ayiq, togʻ tapiri va moyqush kabi hayvonlar yashaydi, oʻsimlik olami haqida gapiradigan boʻlsak hududda Andin mum palmalari keng tarqalgan.[2]
Cutervo milliy bogʻi | |
Hudud | Cajamarca mintaqasi |
Yaqinidagi shahar | San Andrés de Cutervo |
Maydon | 8,214 gektar |
Tashkil topgan sanasi | 1961-yil |
Tarixi
tahrirKolumb davrigacha bu hududda mahalliy aholi yashab oʻtishgan. Milliy bogʻ ichida El Perolito arxeologik yodgorligi mavjud. 1938-yilda Limada oʻtkazilgan 8-PanAmerika konferensiyasidan keyin, tabiiy resurslarni himoya qilish boʻyicha Tabiatni himoya qilish milliy qoʻmitasi tashkil etildi. Federación Cultural de Cutervo-Lima qishloq xoʻjaligi vazirligiga Kutervo yaqinida milliy bogʻ yaratish loyihasini taqdim etadi, ammo bu loyiha rad etiladi. [3] Biolog Salomon Vilchez Murg Cajamarca mintaqasidan deputat sifatida, 1961-yil 8-sentyabrda qonunni kongressga taqdim etadi va bu qonun 20-sentyabrda qabul qilinadi. Dast avval bogʻ 2,500 gektar maydon bilan tashkil etilgan. 2000-yilda Per ekologik idoralar tomonidan bogʻning maydonini kengaytirish taklifi taqdim etiladi.[4] 2006-yil 3-avgustdagi qonunga asoslanib bogʻning maydonini hozirgi 8,214 gektarga kengaytiriladi. 2007-yil bogʻ atrofi himoya zonasi bilan oʻralib, oʻsimlik va hayonot dunyosini asrab qolish uchun harakat boshlandi.[5]
Geografiyasi
tahrirKutervo milliy bogʻi San Andres de Cutervo tumanlarida joylashgan boʻlib, Cajamarca mintaqasida joylashgan. Bogʻ ikki yirik qismga boʻlinadi shimoliy qism 2,429.54 gektar maydonga ega va janubiy sektor 5,784.69 gektarni tashkil etadi. Bu bogʻ hududida bir necha gʻorlar boʻlib, ular yer osti oqimlarning manbai hisoblanadi. Bogʻning balandligi dengiz sathidan 1550 dan 3500 metrgacha yetadi. Bogʻ Peru Yungas tabiatining bir qismini himoya qiladi. Bogʻ ichida turli xil tabiiy resurslar mavjud. Jumladan nam togʻ oʻrmonlari, 3000 m dan yuqoridagi balandlikdagi oʻtloqlar, daryolar va kichik koʻllarni uchratish mumkin.[6]
Oʻsimliklari
tahrirBogʻda yetti yuzdan ortiq tomirli oʻsimlik turlari qayd etilgan. Koʻpchiligi keng bargli daraxtlar, ignabargli daraxtlar va palma daraxtlari , Orxideyalar shular jumlasidandir. Bogʻda iyul oyidan oktyabrgacha dam oluvchi sayyohlar tashrif buyurishadi. Bogʻda bir necha gʻorlar ham mavjud, eng koʻp tashrif buyuriladiganlari Moyqush gʻori, Oq gʻor va Yarasa gʻori. Baʼzi gʻorlarda kamyob Astroblepus rosei baliq turi yashaydigan yer osti daryolari bor. Palma daraxti oʻrmonlari koʻp meva beradi, bu moyqushlarni jalb qiladi. Paramo togʻ tepaliklarida oʻtloqlar va koʻllar koʻp tarqalgan.[7]
Manabalar
tahrir- ↑ Plan Maestro del Parque Nacional de Cutervo 2010–2014 (es). SERNANP, 2009 — 13–16-bet. Qaraldi: 2016-yil 27-yanvar. (Wayback Machine saytida 2023-06-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ Plan Maestro del Parque Nacional de Cutervo 2010–2014 (es). SERNANP, 2009 — 13–16-bet. Qaraldi: 2016-yil 27-yanvar. (Wayback Machine saytida 2023-06-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Cutervo National Park“. www.sacha.org. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
- ↑ „Plan Maestro 2010 – 2014. Parque Nacional de Cutervo.“ 21–22. SERNANP (2009). 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-yanvar.
- ↑ „Plan Maestro 2010 – 2014. Parque Nacional de Cutervo.“ (es) 65–68. SERNANP. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-yanvar.
- ↑ Sánchez, María; Calderón, Abelardo (2010). "Evaluación Preliminar de Orquídeas en el Parque Nacional de Cutervo". Ecología Aplicada 9 (1). http://www.scielo.org.pe/pdf/ecol/v9n1/a01v9n1.pdf. Qaraldi: 27 January 2016.Cutervo milliy bog‘i]]
- ↑ „Plan Maestro 2010 – 2014. Parque Nacional de Cutervo.“ (es). SINIA | Sistema Nacional de Información Ambiental 77–79. SERNANP. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-yanvar.