Dóra Maurer (1937-yilda Budapeshtda tugʻilgan) — vengriyalik rassom[1]. U kino va fotografiya, rassomlik sanʼati, spektakllar va haykaltaroshlik kabi koʻplab sohalarda faoliyat olib boradi[2]. Maurer 1970-yillardagi avangard ijodi bilan eʼtirofga erishgan. U keyinchalik sanʼat karerasini butun dunyo boʻylab namoyish etilgan zamonaviy va modern sanʼat taʼsiridagi ijod naʼmunalari orqali rivojlantiradi. Maurerning sanʼati matematik va murakkab tizimli jarayonlarga asoslangan. Dóra Maurerning aksariyat ishlari tomoshabinga variantlarni koʻrsatish va tomoshabin bu variantlar bilan nimalar qila olishi mumkinligi mavzusiga asoslanadi. Dóra Maurer ijodiga qoʻshimcha ravishda Budapeshtdagi Tasviriy sanʼat fakultetida professor va kurator boʻlgan[3].

Dóra Maurer

Dora Maurerning yetti burilishli avtoportreti
Tavalludi 1937-yil
Millati Venger

Hayoti

tahrir

Dóra Maurer 1950-yillarda grafik rassomlikka oʻqigan[4]. 1970-yillarda u fotografiya va harakatlanuvchi tasvirlarda ishlay boshladi, koʻpincha musiqachilar bilan hamkorlik qiladi. U, shuningdek, ijodiy ijro mahorat darslarini tashkil etadi. U 1970-yillardan boshlab tobora koʻproq geometrik va mavhum chizmalar va rasmlar yarata boshlaydi[4].

2019-2020-yillarda Tate Modernda uning yirik retrospektiv koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan[4]. White Cube galereyasi 2019-yildan Maurernining asarlarini taqdim qila boshladi[5]. U shuningdek, Carl Kostyál tomonidan taqdim etilgan.

Dóra Maurer ishlarida geometrik, matematik va konseptual tizimlarning barchasi mavjud[6]. Dóra Maurer tomoshabin uning sanʼatini harakat sifatida koʻrishi uchun oddiy jarayonlar singari narsalarni koʻrsatishda turli davrlarni oʻrganadi. U shunchaki tomoshabinga turli xil narsalar bilan nima qilishlari mumkinligi haqida misollar keltiradi, ularni nima qilishlari haqida oʻylashga majbur qiladi. Maurerning barcha ishlarida geometrik kompozitsiyalar va dizaynlar aks ettirilgan. U foydalanadigan kompozitsiya, tasvirlar, chiziqlar, chiziqlar kengligi, ranglar, burchaklar va boshqalar bilan juda uslubiydir[7]. Uning eng mashhur asarlaridan baʼzilari uning kvazi-fotosuratlaridan, „Harakatning qaytariladigan va oʻzgaruvchan bosqichlari“ seriyasidan va „Oʻzaro bogʻlanishlar“ seriyasidan olingan[8].

Koʻrgazmalari

tahrir

Shaxsiy koʻrgazmalari

tahrir
  • Dóra Maurer, Karl Kostyal, London, 2015-yil[9]
  • Ritter muzeyi — Suratlar, 2014-yil 18-oktabr—2015-yil 19-aprel
  • 5tadan 6tasi, Kuratori Katharine Kostyal, White Cube Masons Yard, 2016-yil 24-may—2016-yil 9-iyul[10]
  • Dóra Maurer, Kurator: Ketrin Kostyal, White Cube Bermondsey, 2019-yil 12-sentyabr—2019-yil 3-noyabr[11]
  • Tate Modern — 2019-yil 5-avgust—2020-yil 5-iyul[4][12]
  • Dóra Maurer — SUMUS — Biz birgamiz, De Appel, Amsterdam, 2023-yil, 8-iyul—23-sentyabr[13]

Manbalar

tahrir
  1. „Dora Maurer“. Artinfo. Qaraldi: 2012-yil 28-aprel.
  2. „Dóra Maurer review – the gentle art of subversion“. the Guardian (2019-yil 11-avgust).
  3. Wannieck Gallery „Dora Maurer“. Wannieck Gallery. 2013-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-aprel.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Tate „Dóra Maurer – Exhibition at Tate Modern“ (en-GB). Tate. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  5. Shaw, Annie „Dora Maurer: 'a lack of market was positive for my work'“. www.theartnewspaper.com (2019-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.
  6. Balvanyos, Anna „Dora Maurer“. E-Flux. Qaraldi: 2012-yil 28-aprel.
  7. Radical Women Artists behind the Iron Curtain. ISBN 978-3-96098-527-3. 
  8. Rappolt, Mark „Dora Maurer“. Art Review. Qaraldi: 2012-yil 28-aprel.
  9. „Dóra Maurer – Carl Kostyál“ (en-GB). Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  10. „White Cube – Dora Maurer Masons Yard 2016“ (en). whitecube.com. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  11. „White Cube – Dora Maurer Bermondsey 2019“ (en). whitecube.com. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  12. Tate „Dóra Maurer – Exhibition at Tate Modern“. Tate. Qaraldi: 2021-yil 7-avgust.
  13. „Dóra Maurer – SUMUS – We Are Together - Archive - de Appel Amsterdam“. www.deappel.nl. Qaraldi: 2023-yil 12-dekabr.