Dalvik
Dalvik, Islandiya shimolidagi shaharcha. Bu shimoli-sharqiy mintaqadagi Dalvikurbyggð munitsipalitetining asosiy aholi punkti hisoblanadi. Uning aholisi taxminan 1400 kishi. Shaharning nomi, Dal-Vik, „vodiy — koʻrfaz“ degan maʼnoni anglatadi[1].
Dalvík | |
---|---|
Shahar va Munitsipalitet | |
Koordinatalari: 65°58′N 18°32′W / 65.967°N 18.533°W | |
Mamlakat | Islandiya |
Tuman | Shimoliy |
Viloyat | Shimoliy viloyat |
Munitsipalitet | Dalvíkurbyggð |
Geografiyasi
tahrirDalvik Islandiyaning shimoliy qirgʻogʻida, Akureyri shimolida, Svarfaðardalur vodiysida va Eyjafyordur fyord sohilida, Grenlandiya dengizi yonida joylashgan[2].
Transport
tahrirDalvik import va baliq ovlash uchun mintaqaviy savdo porti hisoblanadi. Dalvikdan joʻnaydigan Safari paromi Islandiyaning Grimsey shimoliy orollariga xizmat qiladi, u Arktika doirasi ustida joylashgan.
Boshqa maʼlumotlar
tahrirGoogle kompaniyasi Android operatsion tizimiga tegishli Dalvik virtual mashinasini nomlashda Dalvikin nomidan foydalangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 23 eylül 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-mart.
- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 9 ağustos 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 ağustos 2016.
- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 10 ocak 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 ağustos 2016.