Damir Džumhur
Damir Džumhur (1992-yil 20-mayda tugʻilgan) — Bosniya va Gersegovinalik professional tennischi[2]. Hozirda u Bosniya va Gertsegovinaning 1-raqamli tennischisi hisoblanadi[3]. U faoliyatidagi eng yaxshi yakkalik reytingiga 2018-yil 2-iyulda erishdi (dunyoning 23-raqamli tennischisi) va bu uni Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi uchun kurashgan eng yuqori reytingli tennischiga aylantiradi[4].
Damir Džumhur | |
---|---|
ITF ismi | Damir Dzumhur |
Mamlakat | Bosniya va Gertsogovina |
Istiqomat joyi |
Sarayevo, Bosniya va Gersegovina Belgrad, Serbiya |
Tugʻilishi |
20-may 1992-yil Sarayevo, Bosniya va Gersegovina |
Boʻyi | 1.75 m sm |
Professionallik | 2011 |
Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
Murabbiy | Ivan Dugandžić (2021-) |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $US$4,665,529 |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 129–143 |
Jami titullari | 3 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 23 (2018) |
Joriy pozitsiyasi | No. 238 (15 August 2022)[1] |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | 3R (2014, 2018) |
French Open | 3R (2015, 2018) |
Wimbledon | 2R (2016, 2017, 2018) |
US Open | 3R (2017) |
Boshqa turnirlar | |
Olympic Games | 1R (2016) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 14–43 |
Jami titullari | 0 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 117 (2018) |
Joriy pozitsiyasi | No. 592 (2022) |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | 1R (2018, 2019) |
French Open | 2R (2018) |
Wimbledon | 1R (2015, 2018) |
US Open | 1R (2017, 2018) |
Jamoa musobaqalari | |
Davis Cup |
Europe/Africa Zone Group I 2nd Round (2017) |
Soʻnggi marta yangilandi: 2022-yil 4-aprel. |
2017-yilgi Peterburg Open yakkalik turnirida g‘olib chiqqan Džumhur Bosniya bayrog‘i ostida ATP World Tour chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi o‘yinchi bo‘ldi. U 2017-yilgi Kreml kubogida ham gʻalaba qozondi va tennis tarixida bir mavsumda Rossiya hududida oʻtkazilgan ikkala musobaqada ham gʻalaba qozongan birinchi tennischi boʻldi. Džumhur, shuningdek, Bosniya va Gersegovinani „ Katta Dubulgʻa“ turnirlarining asosiy toʻrlarida himoya qilgan birinchi erkak tennischi hisoblanadi[5].
Shaxsiy hayoti
tahrirDžumhur 1992-yil 20-mayda Sarayevoda otasi Nerfid Djumhur va onasi Janetaning birinchi farzandi boʻlib tugʻilgan. U Bosniya urushi boshlanganidan koʻp oʻtmay Zetra Olimpiya zali yaqinida joylashgan tugʻruqxonada tugʻilgan. O‘shanda arena vayron bo‘lgan, ammo aynan shu joyda keyinchalik Damir tennis bilan shug‘ullana boshlaydi[6].
Džumhur bolaligida tennisdan tashqari futbol bilan ham shugʻullangan. U ashaddiy futbol ishqibozi va Bosniyaning FK Jeljezničar jamoasini qoʻllab-quvvatlaydi[7].
Tennisdagi faoliyati
tahrirDžumhurga boshidanoq 1994-yildan beri tennis maktabini boshqarib kelayotgan otasi Nerfid murabbiylik qiladi. U besh yoshida tennis oʻynashni boshlagan va 1999-yildan tennis bilan professional tarzda shugʻullana boshlagan[8].
Dastlabki yillarida u asosan Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Serbiya va Chernogoriyadagi mahalliy tadbirlarda ishtirok etgan. Uning birinchi yirik muvaffaqiyati 2004-yilda Rimda boʻlib oʻtgan 12 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi norasmiy Yevropa chempionatida gʻalaba qozonishi boʻlgan. Oʻsha yili u jami toʻqqizta turnir oʻtkazdi va ularning barchasida gʻalaba qozondi[9].
ATP finallari
tahrirNatija | W-L | Turnir | Darajali | Yuzaki | Raqib | Hisob |
---|---|---|---|---|---|---|
Magʻlubiyat | 0-1 | Winston-Salem Open, Amerika Qoʻshma Shtatlari | 250 seriyali | Qattiq | Roberto Bautista Agut | 4-6, 4-6 |
Gʻalaba | 1-1 | Peterburg Open, Rossiya | 250 seriyali | Qattiq (i) | Fabio Fognini | 3-6, 6-4, 6-2 |
Gʻalaba | 2-1 | Kreml kubogi, Rossiya | 250 seriyali | Qattiq (i) | Ričardas Berankis | 6-2, 1-6, 6-4 |
Gʻalaba | 3-1 | Antalya Open, Turkiya | 250 seriyali | Maysa | Adrian Mannarino | 6-1, 1-6, 6-1 |
Manbalar
tahrir- ↑ ATP Rankings
- ↑ „The pronunciation by Damir Džumhur himself“. ATP World Tour. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Rankings | Singles | ATP Tour | Tennis“.
- ↑ „Damir Dzumhur“. ATPTour.com. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Damir Dzumhur is among the 50 Best Tennis Players in the World! – Sarajevo Times“.
- ↑ „Mama sportskog heroja BiH: Damira sam rodila u izbjeglištvu pod granatama, uvijek je donosio sreću“. RadioSarajevo.ba (2014-yil 16-yanvar). 2014-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar.
- ↑ „Biografija“. DamirDzumhur.com. 2014-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Mama sportskog heroja BiH: Damira sam rodila u izbjeglištvu pod granatama, uvijek je donosio sreću“. RadioSarajevo.ba (2014-yil 16-yanvar). 2014-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar.„Mama sportskog heroja BiH: Damira sam rodila u izbjeglištvu pod granatama, uvijek je donosio sreću“. RadioSarajevo.ba. 16 January 2014. Archived from the original on 17 January 2014. Retrieved 18 January 2014.
- ↑ „Biografija“. DamirDzumhur.com. 2014-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.„Biografija“ (Wayback Machine saytida 2014-01-17 sanasida arxivlangan). DamirDzumhur.com. Retrieved 18 January 2014.