Harbiy musiqa — qoʻshinlarning harbiy mashq va tarbiya jarayonlari, tantanali (parad, koʻrik) va boshqa tadbirlarda qoʻllanadigan musiqa asarlari. Harbiy orkestr hamda ayrim harbiy sozanda (asosan, fanfara, truba, baraban ijrochi)lar tomonidan chalinadi. Oʻtmishda jangovar harakatlarda, qoʻshinlarni boshqarish, signal berish maqsadida ham qoʻllangan. Oʻrta Osiyoda karnay, surnay, nogʻoralarda zarbulfath (gʻalaba usuli)da kuylar, "Sarbozcha", "Usmoniya", "Askariy" kabi cholgʻu kuylar chalingan. Asosiy janrlar tarkibi — qoʻmondonlarni qarshi olish, saf tortish, yurish va motam marshlari, soqchilarni koʻrikdan oʻtkazish uchun va boshqa cholgʻu kuylar, shuningdek, harbiy (safda aytiladigan) qoʻshiq va boshqalardan iborat.

Ottavadagi Milliy urush yodgorligidagi quvur orkestri.

Harbiy musiqa — musiqaning qad. turi boʻlib, Qad. Misr, Ossuriya, Bobil, Xitoy, Yunonistonda keng rivoj topgan. Harbiy musiqa ning zamonaviy turlari Yevropada 16—17-asrlarda muntazam (yollanma as-karlardan iborat) qoʻshinlar keng rivoj topishi munosabati bilan qaror topgan. Oʻzbekistonda Harbiy musiqa namunalaridan P.Makarovning "Saf marshi", "Yosh musiqachilar marshi", "Vatan marshi", "Soqchilarni koʻriqdan oʻtkazish uchun musiqa"si (S.Yudakovning "Jon Oʻzbekiston" qoʻshigʻi asosida), R.Abdulla-yevning "Shodlik" marshi, shuningdek, "Tankchilar marshi" (S.Chernetskiy), "Gʻalaba" marshi (N.Ivanov-Radkevich), "Yulduz marshi" (J.F.Suza), "Tanta-nali marsh" (P.Chaykovskiy), "Shahri-zodaning marshi" (V.Runov) kabi asarlar mashhur. Saf qoʻshiqlaridan shahriDa-dajonovning "Qasamyod", "Oʻzbekiston posbonlari", "Oʻzbekiston Qurolli kuchlar qoʻshigʻi" va boshqa, A.Nazarovning "Serjant", P.Makarovning "Askarlar qoʻshigʻi", harbiy-vatanparvarlik ruhidagi asarlardan "Xalqim", "Yurtim" (Sh. Dadajanov), "Turkiston farzandi-miz" (K.Rahmatov), "Yigitlar" (D.Qar-shiyev) kabi qoʻshiqlar ommalashgan.

Manbalar

tahrir