Dan Brown (22-iyun 1965-yil) — amerikalik yozuvchi . U bestseller romanlarning muallifi, jumladan, Da Vinchi siri ham barcha davrlarning eng koʻp sotilgan romanlaridan biriga aylangan hamda kitobxonlar va olimlar oʻrtasida intellektual munozaralar mavzusiga aylangan. Braunning romanlari dunyo boʻylab 57 tilga tarjima qilinib umumiy hisobda 200 million nusxada nashr etilgan. 2005-yilda Braun Times jurnali tomonidan dunyoning 100 ta eng nufuzli odami ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, muharrirlari unga „nashriyot sanoatini saqlab qolgan“ deb taʼriflashgan. Braunning Ibtido nomli soʻnggi romani insoniyatning ikkita asosiy savolini oʻrganadi: Biz qayerdan kelganmiz? Bizni nima kutmoqda?

Yoshlik yillariTahrirlash

Matematika oʻqituvchisi va cherkov musiqachisining oʻgʻli boʻlgan Dan Brown Amerikaning „New Hampshire“ shtat idagi „Exeter“ shahrida tugʻilib oʻsgan. Oʻzidan kichkina Gregoriy va Valeriya ismli singlisi va ukasi boʻlgan. Braunning sirlar va jumboqlarga boʻlgan qiziqishi uning bolaligidagi xonadondan boshlanadi. U yerdagi kodlar va shifrlar uning ota-onasi ishlagan matematika, musiqa va tillarni bogʻlab turadigan kalit boʻlgan. Yosh Braun soatlab anagrammalar va krossvordlar ustida ishlaydi va u va uning aka-ukalari tugʻilgan kun va bayramlarda otalari tomonidan ishlab chiqilgan xazina izlashda qatnashadilar.

Kasbiy faoliyatiTahrirlash

MusiqachilikTahrirlash

Universitetni bitirgandan soʻng, Braun musiqiy faoliyat bilan shugʻullangan, sintezator yordamida effektlar yaratgan va bolalar kassetasini ishlab chiqargan. Keyin u Dalliance nomli oʻzining ovoz yozish kompaniyasini tuzdi va 1990-yilda kattalar bozoriga moʻljallangan „Perspektiv“ nomli kompakt diskni oʻzi nashr etdi. 1991-yilda esa u qoʻshiq yozuvchisi va pianinochi sifatida karerasini davom ettirish uchun Gollivudga koʻchib oʻtdi. Oʻzini moddiy jihatdan taʼminlash uchun Beverli-Xillz tayyorgarlik maktabida dars ham bergan.

YozuvchilikTahrirlash

1993-yilda Taitida taʼtilda boʻlganida Den Braun Sidni Sheldonning „Qiyomat fitnasi“ romanini oʻqigan va trillerlar yozuvchisi boʻlishga ilhomlangan. U oʻzining birinchi asari „Raqamli qal’a“ ustida ishlay boshladi va uning asosiy voqealarini 1985-yilda oʻzi oʻqigan Sevilya bilan bogʻladi. Uning barcha asarlaridagi voqealar asosan 24 soat davom etadi. 1996-yilda butunlay musiqani tashlagan Den Braun 1998-yilda Raqamli qal’a ni yozib tugatadi. 2000-yilda Farishtalar va shaytonlar, 2001-yilda „Aldash nuqtasi“ romanlari dunyo yuzini koʻrdi. Lekin unga haqiqiy mashhurlik va shon-shuhratni 2003-yilda yozilgan Da Vinchi siri asari olib keldi. 2009-yil maʼlumotlariga koʻra 81 million nusxada sotilgan bu asar barcha davrlarning eng yaxshi asarlari sifatida eʼtirof etilgan. Asardagi bosh qahramaon Robert lengdon obrazi uning keyin yozilgan koʻplab asarlari jumladan „ Yoʻqolgan belgi“ (2009), „Doʻzax“ (2013), Ibtido (2017) da ham davom etdi.

Shaxsiy hayotiTahrirlash

2019-yilda, 21 yillik nikohdan so‘ng, Braun va uning rafiqasi ajralishdi, ularning nikohining oxirgi qismida Braunning xiyonati tufayli moliyaviy kelishuv hali ham yakunlanishi kerak. 2021-yil dekabr oyida er-xotin daʼvoni hal qilishga kelishib oldilar.

HavolalarTahrirlash