Dandona soʻzi dehqonchilik asbobi nomi atamasi boʻlib, u fors-tojik tili materialidir. Eski oʻzbek tiliga fors-tojik shoirlari asarlari orqali dandona soʻzi oʻtib oʻzlashgan. Bu soʻz qadimgi turkiy yozma manbalarda, xattoki XIV asr Xorazm yozma manbalarida ham qayd etilmagan.

Shakllari

tahrir

Dandona soʻzi eski tojik tilida dandona دندانه shaklida kelib, arra, taroq, mola va boshqa predmetlarning tishli, kungirador qismlari maʼnosini bildiradi. Hozirgi Eroniy tillarda: tojik tilida dandona , fors tilida dandane koʻrinishlarida qoʻllanadi.

Yasalishi

tahrir

Dandona soʻzi yasama boʻlib, ot yasovchi affiks vositasida otdan ot turkumiga kiruvchi til birligi yasalgan. Bunda bosh morfema dandon tish maʼnosini bildiradi. Soʻz yasovchi -a vositasida yasalgan dandona tishli, tishi bor demakdir. Dandon- tish soʻzining oʻzi ham tarixan yasama boʻlib, u ikki mustaqil soʻzdan yasalgan qo'shma so'z boʻlgan. Dandon soʻzidan dan elementi hozirgi eroniy tillardagi daxan-daxon ogʻiz soʻzining qisqargan shaklidir.

Manbalar

tahrir

•Bahrom Bafoyev „Koʻxna soʻzlar tarixi“ (82-83-betlar) Toshkent O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining „FAN“ nashriyoti 1991