Daniel Roy Gilchrist Noboa Azín (/nˈbə/ noh-BOH; 1987-yil 30-noyabr) - ekvadorlik biznes maʼmuri, siyosatchi va banan sanoatidagi tadbirkor. 2023-yilgi saylovda gʻalaba qozonib, Ekvador prezidenti etib saylangan[1][2]. 35 yoshida prezidentlikka saylangan Daniel Noboa mamlakat tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi[3][4].

Daniel Noboa

Daniel Noboa 2022-yilda
Ekvadorning saylangan prezidenti
Mansab davri
2023-yil 25-noyabr
Vitse-prezident Verónica Abad Rojas (saylangan)
Oʻtmishdoshi Guillermo Lasso
Santa Elenadan Milliy assamblaeya aʼzosi
Mansab davri
2021-yil 14-may – 2023-yil 17-may
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Daniel Roy Gilchrist Noboa Azín

30-noyabr 1987-yil (1987-11-30) (36 yosh)
Guayaquil, Ekvador
Siyosiy partiyasi Milliy demokratik harakat (2022-yildan—hozirgacha)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Birlashgan Ekvador (2022-yildan oldin)
Turmush oʻrtogʻi
Gabriela Goldbaum
(turm. 2018; ajr. 2021)

Lavinia Valbonesi (turm. 2021)
Bolalari 2
Onasi Anabella Azín
Otasi Álvaro Noboa
Taʼlim Nyu-York universiteti (BBA)
Kellogg menejment maktabi (MBA)
Harvard Kennedy School (MPA)
George Washington University (MA)

2021-yildan 2023-yilgacha Ekvador Milliy Assambleyasi aʼzosi boʻlgan. Mazkur Milliy Assambleya prezident Guillermo Lasso qoʻllagan muerte cruzada mexanizmidan keyin tarqatib yuborilgan. Siyosiy karerasidan oldin Noboa Ekvador prezidentligi uchun besh marta nomzodligi muvafaqqiyatsiz boʻlgan otasi Álvaro Noboa asos solgan eksport biznesi Noboa korporatsiyasida bir nechta lavozimlarda ishlagan. Daniel otasining kompaniyasi va boyligi merosxoʻri sifatida koʻriladi.

Manbalar tahrir

  1. „Otra vez Álvaro Noboa quiere ser presidente y ahora competiría hasta con su hijo“ (es). El Universo (2023-yil 30-may). 2023-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-may.
  2. „Daniel Noboa, presidente electo de Ecuador con el 87% de actas escrutadas“ (es). Metro Ecuador (2023-yil 15-oktyabr). 2023-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  3. „Daniel Noboa elected Ecuador's youngest president“. BBC (2023-yil 15-oktyabr). 2023-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.
  4. „Noboa wins Ecuador presidential race, pledges to rebuild country“. Reuters (2023-yil 15-oktyabr). 2023-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-oktyabr.