Rimma Danilova
(Danilova Rimma Ivanovnadan yoʻnaltirildi)
Rimma Ivanovna Danilova (1906.16.1, Saratov — 1984.5.10, Toshkent) — patanatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1961), tibbiyot fanlari doktori (1951), professor (1951). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1936). 1950-yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti patanatomiya kafedrasi mudiri. Sil kasalligida, kimyoviy moddalardan zaharlanganda, aterosklerozda ichki sekretsiya bezlaridagi morfologik oʻzgarishlarga oid ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |