Darren William Rumble (talaffuzi: Darren Uilyam Rumble) (1969-yil 23-yanvarda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkey murabbiyi va sobiq professional xokkeychi. Rumble Milliy xokkey ligasining „Philadelphia Flyers“, „Ottawa Senators“, „St. Louis Blues“ va „Tampa Bay Lightning“ kabi xokkey klublarida oʻynagan, ammo faoliyatining katta qismini turli kichik liga jamoalarida oʻtkazgan edi. Keyinchalik Darren Rumble Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Norfolk Admirals“ xokkey klubi bosh murabbiyi boʻldi va bu lavozimda 2010-yil yanvarigacha ishladi. 2013-yilda Darren Rumble IIHF xokkey boʻyicha jahon chempionatida Islandiya milliy xokkey terma jamoasida yordamchi murabbiy boʻlgan edi.

Darren Rumble
Rumble Springfield Falcons klubida
Tugʻilgan joyi 23-yanvar 1969-yil (1969-01-23) (55 yosh)
Barrie, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 210 lb (95 kg; 15 st 0 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Oʻynagan jamoalari Philadelphia Flyers
Ottawa Senators
St. Louis Blues
Tampa Bay Lightning
NHLga kirish drafti 20-oʻrindagi tanlov, 1987
Philadelphia Flyers
Jamoalardagi faoliyat 1989—2005

Oʻyin faoliyati tahrir

Yoshligida Darren Rumble 1982-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Barrie shahrining kichik xokkey jamoasi bilan oʻynadi[1].

Darren Rumble 1987-yilgi NHLga kirish loyihasidaPhiladelphia Flyers“ xokkey klubi safiga 20-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Rumble 1989—1990-yillarda „Hershey Bears“ xokkey klubi safida faoliyat olib bordi. U klub bilan uch mavsum oʻynadi. Shundan soʻng, Darren Rumble 1992-yilda „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

1997-yilda Darren Rumble Deutsche Eishockey Liga vakili "Adler Mannheim " klubi uchun bir mavsum oʻynash maqsadida Shimoliy Amerikani tark etdi. Oʻsha mavsumdan soʻng, Rumble keyingi etti mavsumni turli AHL va IHL jamoalarida oʻtkazdi. Faoliyati davomida Ramble NHLda 193 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Murabbiylik faoliyati tahrir

2007-yilda Darren Rumble AHLning „Norfolk Admirals“ xokkey kaubi safiga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi. 2008 -il iyul oyida Darren Rumble „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bosh murabbiyi Steve Stirling oʻrniga klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2010-yil 12-yanvarda Darren Rumble „Tampa Bay Lighting“ klubi tomonidan ishdan boʻshatildi. Keyinchalik Darren Rumble „Seattle Thunderbirds“ klubi uchun yordamchi murabbiy boʻldi. 2013-yilning iyul oyida Darren Rumble „Moncton Wildcats“ (QMJHL) klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[2].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1985—1986 Barrie Colts CJHL 46 14 32 46 91
1986—1987 Kitchener Rangers OHL 64 11 32 43 44 4 0 1 1 9
1987—1988 Kitchener Rangers OHL 55 15 50 65 64
1988—1989 Kitchener Rangers OHL 46 11 29 40 25 5 1 0 1 2
1989—1990 Hershey Bears AHL 57 2 13 15 31
1990—1991 Hershey Bears AHL 73 6 35 41 48 3 0 5 5 2
1990—1991 Philadelphia Flyers NHL 3 1 0 1 0
1991—1992 Hershey Bears AHL 79 12 54 66 118 6 0 3 3 2
1992—1993 New Haven Senators AHL 2 1 0 1 0
1992—1993 Ottawa Senators NHL 69 3 13 16 61
1993—1994 PEI Senators AHL 3 2 0 2 0
1993—1994 Ottawa Senators NHL 70 6 9 15 116
1994—1995 PEI Senators AHL 70 7 46 53 77 11 0 6 6 4
1995—1996 Hershey Bears AHL 58 13 37 50 83 5 0 0 0 6
1995—1996 Philadelphia Flyers NHL 5 0 0 0 4
1996—1997 Philadelphia Phantoms AHL 72 18 44 62 83 7 0 3 3 19
1996—1997 Philadelphia Flyers NHL 10 0 0 0 0
1997—1998 Adler Mannheim DEL 21 2 7 9 18
1997—1998 San Antonio Dragons IHL 46 7 22 29 47
1998—1999 Grand Rapids Griffins IHL 53 6 22 28 44
1998—1999 Utah Grizzlies IHL 10 1 4 5 10
1999—2000 Grand Rapids Griffins IHL 29 3 10 13 20
1999—2000 Worcester IceCats AHL 39 0 17 17 31 9 0 2 2 6
2000—2001 Worcester IceCats AHL 53 6 24 30 65 8 0 1 1 10
2000—2001 St. Louis Blues NHL 12 0 4 4 27
2001—2002 Worcester IceCats AHL 60 3 29 32 48 3 0 4 4 2
2002—2003 Springfield Falcons AHL 33 5 17 22 18
2002—2003 Tampa Bay Lightning NHL 19 0 0 0 6
2003—2004 Hershey Bears AHL 5 2 0 2 6
2003—2004 Tampa Bay Lightning NHL 5 0 0 0 2
2004—2005 Springfield Falcons AHL 10 0 1 1 4
AHL jami 614 77 317 394 612 52 0 24 24 51
NHL jami 193 10 26 36 216
IHL jami 138 17 58 75 121

Manbalar tahrir

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  2. „Rumble new head coach – Moncton Wildcats“.