Darvesh Mashhadiy I (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Uning nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olingan. Аlisher Navoiy uning yomon feʼl va achchiq tilli kishi ekanligini aytib, baʼzi aziz zotlarni hajv qilganligi haqida maʼlumot beradi. “Majolis un-nafois”ning tarjimoni Faxriy Hirotiy bu shoirning yomon tilligi, johilligi Navoiy aytganidan yuz chandon koʼpdir, lekin odamlar uning Аllohdan oʼzining it feʼli va nafsidan forigʼ qilishni iltijo qilib yozgan darveshona bir bayti uchun afv etadilar, deb yozadi va forsiyda yozilgan oʼsha baytini keltiradi[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". 
  2. "Majolis un-nafois".