Darvesh Shuhudiy (15 asr) – samarqandlik forsiynavis shoir va darvesh. Baʼzi manbalarda Mavlono Foniy tarzida keltiriladi. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning yoshligida ancha shoʼx boʼlganligini, keyinchalik darvesh va solih insonga aylanganligini aytib, Mir Sarbarahnaning fikrini keltiradi. Mir Sarbarahnaning aytishicha, Darvesh Shuhudiy tariqatda shunday kashf va karomat hosil qilibdiki, birovning soqolini ushlab, undagi tuklar sonini bexato aytib berar ekan. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

In dogʼhoki, bar tani ahli muhabbat ast,

Bar koʼhi dard rexti boroni hasrat ast.

(Mazmuni: Muhabbat ahli tanidagi bu dogʼlar, dard togʼiga qoʼymlgan hasrat yomgʼirlaridir)[1][2].

Manbalar

tahrir
  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". 
  2. "Majolis un-nafois".