Daria Sergeevna Panenkova (ruscha: Дарья Сергеевна Паненкова; 2002-yil 8-dekabrda tugʻilgan) — isteʼfodagi rossiyalik figurali uchuvchisi. 2017-yili oʻtkazilgan Gran-pri Latviya turnirining chempioni.

Darya Panenkova
2017-2018 ISU Junior Grand Prix Final Daria Panenkova jsfb dave8191.jpg
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Rossiya
Tavalludi 8-dekabr 2002-yil (2002-12-08) (20 yosh)
Moskva
Boʻyi 1.53 m (5 ft 0 in)
Murabbiyi Anna Tsareva
Uchishni boshlagan 2006
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 66.65
Erkin dastur 130.91

Shaxsiy hayotiTahrirlash

Panenkova 2002-yil 8-dekabrda Moskvada tugʻilgan.

FaoliyatiTahrirlash

Ilk davrTahrirlash

Panenkova 2006-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. Uning birinchi murabbiyi Natalya Gavrilova edi.

Panenkova 2017-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida qisqa dasturda yettinchi va erkin dasturda beshinchi oʻrinni egallaganidan keyin umumiy hisob bilan beshinchi oʻrinni egallagan. Xalqaro debyutini amalga oshirgan Panenkova 2017-yil fevral oyi boshida Sofia Trophy musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan[1].

2017 — 2018-yilgi mavsumTahrirlash

Panenkovaning Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri debyuti 2017-yil sentabr oyi boshida Latviyaning Riga shahrida bo‘lib o‘tgan; qisqa dasturda birinchi, erkin dasturda esa ikkinchi oʻrinni egallab, Rika Kihirani ortda qoldirgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ikkinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgach, Panenkova Yaponiyaning Nagoya shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan va u yerda beshinchi oʻrinni egallagan.

Panenkova 2018-yil yanvar oyida oʻsmirlar oʻrtasidagi 2018-yilgi Rossiya chempionatida qatnashgan, u yerda qisqa dasturda yettinchi va erkin dasturda beshinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, umumiy hisob bilan beshinchi oʻrindan joy olgan.

2018 — 2019-yilgi mavsumTahrirlash

2018-yilning yozida Panenkova nomaʼlum sabablarga koʻra murabbiy Yeteri Tutberidze va uning jamoasi bilan xayrlashganini eʼlon qilgan. U murabbiy Anna Tsareva jamoasiga qoʻshilgan.

Panenkova 2019-yilgi Rossiya chempionatida oʻn sakkizinchi oʻrinni egallagan.

DasturlariTahrirlash

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2018 — 2019

[2]
2017 — 2018

NatijalariTahrirlash

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Xalqaro
Tadbir 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19-20
GP Finlandiya 6
GP Kanada 9
CS Alpen Cup WD
CS Tallin Cup 5
Xalqaro: Oʻsmirlar
JGP Final 5
JGP Latviya 1ㅤ
JGP Polsha 2
Sofia Trophy 1ㅤ
Milliy
Rossiya chempionati 8 18
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chempionati

5 5

ManbalarTahrirlash

  1. „Competition Results: Daria PANENKOVA“. International Skating Union.
  2. „Daria PANENKOVA: 2018/2019“. International Skating Union. 16-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi.