David Ashotovich Manukyan[1] (1993-yil 16-mart, Novosibirsk) – Dava nomi bilan tanilgan, rossiyalik hip-hop va rep ijrochisi, videobloger va teleboshlovchi .

Biografiyasi tahrir

David Ashotovich Manukyan 1993-yil 16-martda Novosibirskda tugʻilgan. Erta yoshida bal raqslarini oʻrgangan, keyin professional sportga oʻtgan. 2011-yilda Rossiya chempionati gʻolibi va raqs boʻyicha jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi. Maktabni tugatgach, u Sibir menejment institutiga oʻqishga kirdi. 2017-yilda Instagramda blog yuritishni boshladi. 2020-yil holatiga koʻra, obunachilar soni 13 milliondan ortiq[2][3].

Musiqiy karyerasi tahrir

Xonanda oʻzining professional faoliyatini 2018-yilda Karina Kross bilan birgalikda „Vnutri“ qoʻshigʻini yozishdan boshlagan (VKontakte chartida yettinchi oʻrin; iTunesda oʻninchi oʻrin)[4][5]. Keyingi chiqqan treki „XXX“ (VKontakte chartida toʻqqizinchi oʻrin)ga videoklip suratga olingan. 2019-yilda „Booom“ qoʻshigʻini yozdi (VKontakte chartida 22-oʻrin)[6]. 2019-yil yanvar oyida Karina Kross bilan birga yozgan „Booom“ qoʻshigʻi uchun videoklip suratga olish uchun Noviy Arbat koʻchasini toʻsib qoʻygani uchun OAV diqqat markaziga tushadi. Ular „jamoat joylarida bir vaqtning oʻzida fuqarolarning ommaviy boʻlishini va (yoki) harakatini tashkil etish, natijada jamoat tartibini buzish“ (Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 20.2.2-moddasi)[7] sabablli oʻn sutkalik maʼmuriy qamoqqa olingan, ammo bu OAV eʼtiborini tortishiga olib kelgan. Bir muncha vaqt oʻtgach, bir qator singllarini chiqardi: „Kislorod“ (VKontakte chartida birinchi oʻrin)[8][9], „Tansuy kak pchela“ (VKontakte chartida beshinchi oʻrin)[10][11], „Milada“ " („VKontakte“ chartida 11-oʻrin)[12], „Dikaya lyubov“, „Skorost“ va „Instamodel“. 2019-yilda 5 ta trekni oʻz ichiga olgan Sila prityajeniya" deb nomlangan debyut mini-albomini chiqardi[13]. 2019-yil oktyabrda „Kislorod“ treki uchun platinali disk oldi. 2019-yil 20-dekabrda „Santa“ qoʻshigʻiga videoklip chiqardi. 2020-yil iyunda „XXX“ va „Booom“ treklari uchun ikkita platinali disk oladi. 2020-yil 25-iyunda „Chyorniy bumer“ treki uchun (Seryoga bilan birgalikda) olgan videoklipini chiqardi, videoklip 50 milliondan ortiq koʻrilgan[14]. 2020-yil iyul oyida oʻzining „Korol“[15] nomli debyut studiyaviy albomini chiqardi. 2020-yil 12-avgustda „Roleks“ treki uchun (Filipp Kirkorov bilan birgalikda) olgan videoklipini chiqardi, klip 25 milliondan ortiq koʻriladi[16].

Telekoʻrsatuvdagi karyerasi tahrir

2021 yilda "Rossiya-1 " telekanalining "Tansi so zvyozdami " loyihasida ishtirok etdi va unda ikkinchi oʻrinni egalladi[17][18]. 2021-yildan 2023-yilgacha „Yu“ [19] telekanalida „Dom-2“ realiti-shousining boshlovchisi boʻlgan. 2022-yil sentyabr oyida Muz-TV telekanalidagi „Bitva pokoleniy“ shousining hakamlar hay’ati aʼzosi boʻldi. 2022-yil oktyabrda STS telekanalidagi „Maska. Tansi“ shousida uchinchi oʻrinni egalladi[20]. 2022-yil noyabrda TV-3 kanalidagi „Vorislar va firibgarlar“ realiti-shousining ishtirokchisi boʻldi[21].

Shaxsiy hayoti tahrir

2019-yil 7 avgustdan 2021-yil 22-yanvargacha Olga Buzova bilan munosabatda boʻlgan[22].

Reytingi tahrir

2022-yilda Romir Influence Rankingda 9-oʻrinni egallagan[23].

Manbalar tahrir

  1. „РОЛЕКС“ (ru). 2020-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
  2. „Биография - Давид Манукян“. vokrug.tv. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  3. „Биография - Давид Манукян“. Музыка Первого (muz1.tv). 2019-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  4. „Чарты, рейтинги, хит-парады“. InterMedia. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  5. „Чарты, рейтинги, хит-парады“. InterMedia. 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  6. „Чарты, рейтинги, хит-парады“. InterMedia. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  7. „В Москве блогеры перекрыли Новый Арбат ради съемок клипа“. Autonews (2020-yil 17-yanvar). 2021-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr.
  8. „‎Кислород - Single by DAVA on Apple Music“ (2019-yil 4-mart). Qaraldi: 2020-yil 27-dekabr. [sayt ishlamaydi]
  9. „Чарты, рейтинги, хит-парады“. InterMedia. 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  10. „Чарты, рейтинги, хит-парады“. InterMedia. 2019-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  11. „DAVA - Танцуй как пчела“. TopHit. 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-20-30.
  12. „Чарты, рейтинги, хит-парады“. InterMedia. 2019-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  13. Алексей Мажаев. „Рецензия: Dava — «Сила притяжения»“. InterMedia (2019-yil 29-oktyabr). 2019-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  14. „DAVA ft. SERYOGA - ЧЕРНЫЙ БУМЕР (Премьера клипа 2020)“ (ru-RU). 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  15. Алексей Мажаев. „Рецензия: Dava — «Король»“. InterMedia (2020-yil 14-avgust). 2020-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
  16. „DAVA & Филипп Киркоров – РОЛЕКС (Премьера клипа 2020)“ (ru-RU). 2022-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  17. Инна ФЕДОТОВА. „Новые «Танцы со звездами»: жених Ольги Бузовой репетирует на Мальдивах, а фанатки Сергея Лазарева уже в слезах“. stav.kp.ru (2020-yil 30-dekabr). 2020-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
  18. „Победителями суперфинала шоу "Танцы со звездами" стали Сергей Лазарев и Екатерина Осипова“. smotrim.ru. 2021-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.
  19. „Стало известно имя нового ведущего реалити «ДОМ-2» — Блог — Дом-2 — Телеканал Ю“. www.u-tv.ru. 2022-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  20. Anjelika Kotikova. „Щеткой в «Маска. Танцы» был Дава: «Накануне финала я сорвал спину, но стерпел боль как мужчина» | STARHIT“ (ru). www.starhit.ru. 2022-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-dekabr.
  21. „Не пропустите новый выпуск «Наследников и самозванцев» на ТВ-3: 23 декабря, смотреть, Дава, Айза, участники, подробности, фото, смотреть“ (ru). TV Mag. 2022-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-dekabr.
  22. „Ольга Бузова рассталась с чемпионом России по бальным танцам Давой“. Российская газета. 2021-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  23. „Составлен топ-10 инфлюенсеров — блогеров России - Газета.Ru | Novosti“ (ru). Gazeta. Ru. 2022-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.