David Barstow
David Barstow (talaffuzi: Devid Barstov; 1963-yilda tugʻilgan) — amerikalik jurnalist va professor. 1999-yildan 2019-yilgacha The New York Times gazetasida muxbir sifatida faoliyat yuritgan. Barstow yakka tartibda va jamoaviy tarzda jami toʻrt karra Pulitzer mukofotiga sazovor boʻlgan. U bu mukofot tarixida 4 karra gʻolib boʻlgan birinchi muxbir edi[1]. Barstow 2019-yilda UC Berkeley Oliy Jurnalistika fakultetiga tergov jurnalistikasi professori boʻlib ishga kirdi[2].
David Barstow | |
---|---|
Tavalludi |
1963 (yoshi 60–61) Massachusetts, AQSH. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | jurnalist, akademik |
Mukofotlari |
|
Hayoti
tahrirBarstow Bostonda tugʻilgan. U 1986-yilda Shimoli-gʻarbiy universitetining Medill jurnalistika maktabida jurnalistika boʻyicha bakalavr darajasini olgan[3].
Faoliyati
tahrirBarstow Floridadagi St. Petersburg Times gazetasida ishlagan va u yerda 1997 va 1998-yillarda sarhisob maqolalari uchun uch karra Pulitzer mukofotining finalchisi boʻlgan[4]. U St. Petersburg Times gazetasida ishlagandan soʻng, 1999-yildan 2019-yilgacha The New York Times gazetasida ishlagan va 2002-yildan buyon u yerda tergovchi muxbir boʻlib faoliyat yuritmoqda. U, shuningdek, Rochester Times-Union va Green Bay Press-Gazettelarda ham ishlaydi.
The New York Times
tahrirThe New York Times 2004-yilda Davlat xizmati uchun Pulitzer mukofoti bilan taqdirlangan boʻlib, unda „David Barstow va Louell Bergmanning amerikalik ishchilar oʻrtasidagi oʻlim va jarohatlarni tinimsiz tekshirgan va asosiy xavfsizlik qoidalarini buzgan ish beruvchilarni fosh qilgan ishlari“ haqidagi maqolalari eʼtirof etilgan[5].
2009-yilda Barstow oʻzining qanday qilib nafaqaga chiqqan generallar radio va televideniega analistlari sifatida ishlaganlari va ularning Pentagon tomonidan Iroqdagi urush haqida maʼlumot yigʻish uchun tanlagani, necha nafari oʻzlari himoya qilgan siyosatdan foyda koʻrayotgan kompaniyalar bilan aloqalari oshkor boʻlgani haqidagi uzluksiz xisobotlari uchun Pulitzerning "Tergov axborotlari uchun" mukofotiga sazovor boʻldi[6].
Barstow va Alejandra Xanik fon Bertrab 2013-yilgi tergov reportaji uchun Pulitzer mukofoti va biznes jurnalistikasi boʻyicha Jerald Loeb mukofoti bilan taqdirlandi[7][8].
Barstow 2019-yilda Suzan Kreg va Russ Battner[9] bilan Donald Tramp va uning oilasi taxminan yarim milliard dollar soliq to‘lamaslik uchun qo‘llagan usullari haqidagi tahliliy chiqishi uchun Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritdi[1].
Biblografiyasi
tahrir- Barstow, David; Craig, Suzanne; Buettner, Russ (2018-yil 2-oktyabr) "Trump Engaged in Suspect Tax Schemes as He Reaped Riches From His Father" The New York Times https://www.nytimes.com/interactive/2018/10/02/us/politics/donald-trump-tax-schemes-fred-trump.html?action=click&module=Top%20Stories&pgtype=Homepage. Qaraldi: October 2, 2018.David Barstow]]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Grynbaum, Michael M.. „Pulitzer Prizes Focus on Coverage of Trump Finances and Parkland Shooting“. The New York Times (2019-yil 15-aprel). Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
- ↑ „Four-time Pulitzer Prize Winner David Barstow joins Berkeley Journalism“ (2019-yil 15-iyul). Qaraldi: 2020-yil 30-yanvar.
- ↑ „David Barstow (BSJ86)–Medill–Northwestern University“ (en). Northwestern University. Qaraldi: 2020-yil 31-yanvar.
- ↑ „The Pulitzer Prizes | Biography“. Pulitzer.org. Pulitzer Prize (1963-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 3-sentyabr.
- ↑ „The 2004 Pulitzer Prize Winners: Public Service“. The Pulitzer Prizes. Retrieved November 19, 2013. With short biographies and reprints of 11 works (NY Times articles January 8 to December 23, 2003).
- ↑ The 2009 Pulitzer Prize Winners: Investigative Reporting. The Pulitzer Prizes. Retrieved April 20, 2009. With short biography and reprints of three works (NY Times articles April 20 and November 30, 2008).
- ↑ „The 2013 Pulitzer Prize Winner in Investigative Reporting“. The Pulitzer Prizes. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.
- ↑ „UCLA Anderson School of Management Announces 2013 Gerald Loeb Award Winners“. PR Newswire (2013-yil 25-iyun). Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
- ↑ Grynbaum, Michael M.. Sentinel Wins Public Service Pulitzer for Parkland Shooting Coverage (en-US). The New York Times (2019-yil 15-aprel).
Havolalar
tahrir- The New York Times biografiyasi
- Appearances