David Edward Hughes
David Edward Hughes (talaffuzi: Deyvid Eduard Yuz; 16-may 1831-yil, London — 21-yanvar 1900-yil) — ingliz fizigi; elektrotexnika sohasidagi ixtirochi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1880). AQShda yashagan va ishlagan (1838—65). Bardstown (Kentucky shtati) kolleji professori. (1851-yildan). Rossiyada ishlagan (1865—67). Londonga 1867-yili qaytgan. Ilmiy ishlari elektromagnetizm va elektrotexnikaga oid. Harf bosuvchi telegraf apparatni (1854), koʻmirli mikrofonni (1878), induksion tarozini va tovush oʻlchagichni ixtiro qilgan, elektromagnit toʻlqinlarni kuzatgan (1879).
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |