David Musil
David Musil (talaffuzi: Devid Musil) (1993-yil 9-aprelda tugʻilgan) — Kanadada tugʻilgan chex xokkeychisi. David Musil hozirda Chexiya Ekstraligasi (ELH) vakili „HC Oceláři Třinec“ xokkey klubi bilan shartnoma asosida oʻynamoqda. David Musil „Edmonton Oilers“ klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 31-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Musil Kanadada tugʻilgan, ammo Chexiyada oʻsgan. U Chexiya sharafini xalqaro oʻyinlarda himoya qiladi.
David Musil | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
9-aprel 1993-yil Calgary, Alberta, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 4 in (193 cm) | ||
Ogʻirligi | 207 lb (94 kg; 14 st 11 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | chap qanot | ||
ELH Sobiq jamoalar |
HC Oceláři Třinec Edmonton Oilers | ||
Milliy jamoa | Chexiya | ||
NHLga kirish drafti |
31-oʻrindagi tanlov, 2011 Edmonton Oilers | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2013—hozirgacha |
Oʻyin faoliyati
tahrirDavid Musil 2005 va 2006-yillarda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida „Chomutov“ yoshlar xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].
Musil oʻzining dastlabki xokkey karyerasini Gʻarbiy xokkey ligasida (WHL) aylanma tarzda boshladi. Chunki David Musil Kanadada yashamagani uchun dastlab liganing bantam loyihasida qatnashgan. Oilaning tez orada Vancouverga koʻchib oʻtishini bilgan otasi Frank Muslin oʻgʻli David Musilning huquqlarini himoya qilish uchun „Vancouver Giants“ xokkey klubiga murojaat qildi. Bu xabar ommaga eʼlon qilingandan soʻng, WHLdagi boshqa jamoalar norozilik bildirishdi va liga Musilning ligadagi dastlabki manzilini aniqlash uchun lotereya loyihasini oʻtkazishga qaror qildi.
WHLdagi yangi mavsum davomida David Musil „Vancouver Giants“ xokkey klubi bilan 71 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi[2]. „Vancouver Giants“ klubining oʻyinchilar boʻyicha direktori James Ripplinger Musilning mavsumdagi oʻyinini yuqori baholadi: „Uning bosim ostida, hech qanday xatoga yoʻl qoʻymasdan, shayba bilan oʻzini tutishi juda yaxshi edi; U juda ishonchli xokkeychi edi“.
2011-yilgi NHLga kirish loyihasi paytida David Musil „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga 31-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 2012-yil 30-iyun kuni David Musil „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan boshlangʻich darajadagi shartnomasini (uch yillik) imzoladi. 2014—2015-yilgi mavsumda David Musil klub safida maydonga tushdi. David Musil NHLdagi ilk oʻyinini 2016-yil 4-aprelda „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda David Musil oʻzining birinchi ochkosini, ikkinchi oʻyinida golli uzatmasini qayd etdi.
2016-yilning 29-iyulida David Musil „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan yana bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. 2016—2017-yilgi mavsumda Musil „Bakersfield Condors“ xokkey klubi bilan 47 ta oʻyinda maydonga tudshib, 14 ochko toʻpladi. David Musil „Edmonton Oilers“ klubi tomonidan 2017-yilning 6-martida Mark Olver evaziga boshqa AHL klubi „Tucson Roadrunners“ jamoasiga yuborildi[3].
Musil „Edmonton Oilers“ klubi bilan 8 ta mavsumdan soʻng, oʻz vataniga qaytishni tanladi va 2017-yilning 31-iyulida „Extraliga“ vakili „HC Oceláři Třinec“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[4].
Faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2009—2010 | Vancouver Giants | WHL | 71 | 7 | 25 | 32 | 67 | 16 | 2 | 2 | 4 | 8 | ||
2010—2011 | Vancouver Giants | WHL | 62 | 6 | 19 | 25 | 83 | 4 | 0 | 1 | 1 | 2 | ||
2011—2012 | Vancouver Giants | WHL | 59 | 6 | 21 | 27 | 104 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Vancouver Giants | WHL | 14 | 2 | 6 | 8 | 18 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Edmonton Oil Kings | WHL | 48 | 7 | 16 | 23 | 56 | 22 | 0 | 6 | 6 | 26 | ||
2013—2014 | Oklahoma City Barons | AHL | 61 | 2 | 10 | 12 | 54 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | ||
2013—2014 | Bakersfield Condors | ECHL | 3 | 1 | 0 | 1 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Oklahoma City Barons | AHL | 65 | 2 | 9 | 11 | 35 | 6 | 0 | 0 | 0 | 6 | ||
2014—2015 | Edmonton Oilers | NHL | 4 | 0 | 2 | 2 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Bakersfield Condors | AHL | 67 | 3 | 11 | 14 | 39 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Bakersfield Condors | AHL | 47 | 4 | 10 | 14 | 34 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Tucson Roadrunners | AHL | 13 | 0 | 4 | 4 | 6 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | HC Oceláři Třinec | ELH | 52 | 1 | 5 | 6 | 22 | 18 | 0 | 1 | 1 | 28 | ||
2018—2019 | HC Oceláři Třinec | ELH | 51 | 1 | 13 | 14 | 51 | 17 | 1 | 3 | 4 | 12 | ||
2019—2020 | HC Oceláři Třinec | ELH | 48 | 1 | 11 | 12 | 52 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | HC Oceláři Třinec | ELH | 50 | 0 | 10 | 10 | 56 | 16 | 0 | 3 | 3 | 16 | ||
NHL jami | 4 | 0 | 2 | 2 | 2 | — | — | — | — | — |
Xalqaro
tahrirYil | Jamoa | Tadbir | Natija | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2009-yil | Chexiya | U18 | 6 | 6 | 0 | 1 | 1 | 6 | |
2011-yil | Chexiya | U18 | 8 | 5 | 0 | 0 | 0 | 6 | |
2012-yil | Chexiya | WJC | 5 | 5 | 0 | 0 | 0 | 4 | |
2013-yil | Chexiya | WJC | 5 | 6 | 0 | 0 | 0 | 18 | |
2019-yil | Chexiya | WC | 4 | 10 | 0 | 1 | 1 | 2 | |
2021-yil | Chexiya | WC | 7 | 8 | 0 | 1 | 1 | 0 | |
Oʻsmirlar safida | 22 | 0 | 1 | 1 | 34 | ||||
Kattalar safida | 18 | 0 | 2 | 2 | 2 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
- ↑ „David Musil Edmonton Oilers“. Edmonton Oilers. Qaraldi: 2013-yil 30-dekabr.
- ↑ „Olver loaned to Condors, Musil re-assigned“. Bakersfield Condors (2017-yil 6-mart). Qaraldi: 2017-yil 6-mart.
- ↑ „David Musil returns after 8 seasons overseas“ (Czech). hokej.cz (2017-yil 31-iyul). Qaraldi: 2017-yil 31-iyul.