David Sharp (alpinist)

ingliz alpinisti

David Sharp (15-fevral 1972-yil — 15-may 2006-yil) — Everestni zabt etish chogʻida halok boʻlgan ingliz matematika fani oʻqituvchisi va alpinisti[1]. Sharpning oʻlimiga gipotermiya va kislorod yetishmasligi sabab boʻlgan.

David Sharp
Tavalludi 15-fevral 1972-yil
Vafoti 15-may 2006-yil(2006-05-15)
(34 yoshda)
Everest, Tibet
Fuqaroligi britan
Taʼlimi

Prior Purgslove kolleji

Nottingham universiteti
Kasbi

alpininst

Matematika oʻqituvchisi
Boʻyi 1,80 sm (5 fut 11 inch)

Sharp oldinroq Cho Oyuning yuqori nuqtasini zabt etgandi va eng iqtidorli alpinist deb eʼtirof etilgandi. U Everestga qilingan baxtsiz ekspeditsiyasi vaqtida suratga olingan Everest: Beyond the Limit teleshousining birinchi mavsumida ozgina koʻrinish bergan[2].

Sharp Nottingham universitetida bakalavr darajasini olgan va alpinistlikni oʻzining sevimli mashgʻuloti hisoblagan. U muhandislik firmasiga ishga kirgan hamda sayohat va alpinistik ekspeditsiyalar uchun taʼtilga chiqib turgan, biroq 2006-yilning kuzidan maktab oʻqituvchisi sifatida ish boshlashni rejalashtirgan edi.

Hayoti

tahrir

David Sharp London yaqinidagi Harpenden qishlogʻida tugʻilgan, keyinchalik Prior Pugslove kolleji hamda Nottingham universitetida tahsil olgan[3]. U 1993-yilda mexanik muhandis darajasini oladi. Sharp QinetiQ global xavfsizlik kompaniyasida ishlagan. 2005-yilda u oʻz ishini tark etib, oʻqituvchilik boʻyicha kurslarga qatnaydi hamda 2006-yil kuzidan boshlab oʻqituvchi boʻlib ishlashni rejalashtiradi. David Sharp tajribali alpinist ham edi va u dunyodagi eng baland togʻ— Himolayning Cho Oyu choʻqqisini zabt etgan. Sharp choʻqqiga chiqish uchun togʻ yoʻriqnomalaridan, mahalliy alpinistik yordamdan yoki dorilar va qoʻshimcha kislorod kabi sunʼiy narsalardan foydalanmagan[4].

Ekspeditsiyalar va choʻqqilar

tahrir

Alpinistlik haqida xulosa

tahrir

Sharp Angliyadagi oʻtkazgan umri davomida Roseberry choʻqqisiga chiqqan. Universitetda esa u Alpinistlar klubining aʼzosi boʻlgan.

Sharp Janubiy Amerika va Osiyoga sayohat qilish yana ishidan yana 6 oylik taʼtil olgan. 2002-yil may oyida u Jamie McGuinness va Tsering Pande Bhote bilan 8,200 metrlik choʻqqi — Cho Oyuni zabt etgan. Cho Oyu Everest yaqinida joylashgan dunyoning oltinchi eng baland nuqtasi sanaladi. Cho Oyu ekspeditsiyasi yetakchisi Sharpning kuchi, iqlimga moslashish qobiliyatlari va togʻga chiqish iqtidori sababli uni keyingi yilgi Everest ekspeditsiyasiga qoʻshilishga taklif qiladi[5].

2001-yilgi Gasherbrum II ekspeditsiyasi

tahrir

Sharp 2001-yilda Gilgit, Pokiston va Xitoy chegaralarida joylashgan Karakoram togʻining 8,035 metr boʻlgan Gasherbrum II ekspeditsiyasida qatnashadi. Ekspeditsiyaga Henry Todd rahbarlik qiladi, lekin noqulay ob-havo sababli ekspeditsiya amalga oshmaydi[6].

2002-yilgi Cho Oyu ekspeditsiyasi

tahrir

Sharp 2002-yilda Everest loyihasi tarkibidagi Richard Dougan va Jamie McGuinness rahbarlik qilgan Himolayning 8,201 metr boʻlgan choʻqqisi — Cho Oyu ekspeditsiyasida ishtirok etadi. Ular choʻqqini zabt etishadi, biroq guruh aʼzolaridan biri chuqurlikka tushib ketishi natijasida vafot etadi. Dougan Sharpni chidamli alpinist deb hisoblar edi, biroq u baland boʻyli va oriq boʻlgani sababli tanasidagi yogʻ qatlami kam boʻlganligini taʼkidlardi, chunki sovuq ob-havoda tana yogʻi tirik qolish uchun muhim hisoblanadi[7].

2003-yilgi Everest ekspeditsiyasi

tahrir

Sharpning Everestga qilgan ilk ekspeditsiyasi britaniyalik alpinist Richard Dougan boshchilik qilgan 2003-yilgi ekspeditsiya boʻlgan. Choʻqqiga faqat Bannon va McGuinness chiqqan boʻlishsa ham guruhdan hech kim halok boʻlmagan. Dougan Sharpni guruhdagi eng kuchli alpinistligini hamda iqlimga yaxshi moslashganini taʼkidlagan[8].

2004-yilgi Everest ekspeditsiyasi

tahrir

2004-yilda Sharp Fransiya—Avstriya Everest choʻqqisining shimoliy qismiga boʻlgan ekspeditsiyaga qoʻshiladi. 8,500 metrga chiqqanlariga qaramay, choʻqqini zabt eta olishmaydi. Sharp qolganlar bilan borolmaydi va First Step qismiga yetmasdan toʻxtaydi. Ekspeditsiyaga 2008-yilgi K2 falokatida halok boʻlgan fransuz alpinisti Hugues d’Aubarede boshchilik qilgan va u 2004-yilgi ekspeditsiyadagi 56-Everest choʻqqisini zabt etgan fransuz boʻldi[9]. D’Aubarede guruhi 17-may tongda choʻqqiga chiqishadi va guruh tarkibi avstriyalik Marcus Noichl, Paul Koller va Fredrichs „Fritz“ Klausner hamda nepallik Chhang Dawa Sherpa, Lhakpa Gyalzen Sherpa va Zimba Zangbu Sherpalardan iborat edi[10].

2006-yilgi Everest ekspeditsiyasi

tahrir

Ikki yil oʻtib, Sharp Everestni yolgʻiz oʻzi zabt etish uchun qaytadi va Asian Trekking bilan hamkorlikda choʻqqiga chiqishni boshlaydi. Bu safar u choʻqqiga qoʻshimcha kislorod ishlatmasdan chiqishni maqsad qiladi, chunki uning fikricha qoʻshimcha kislorod bilan choʻqqiga chiqishni u tan olmas edi. Qoʻshimcha kislorod ballonlarisiz togʻga chiqish hattoki iqlimga moslashuvchi eng kuchli alpinistlarga ham, masalan Sherpalarga ham oʻta xavfli edi.

Sharpni oxirgi marta 14-may kuni koʻrishgan va ertasi kuni 15-mayda hech kim u haqida xabar bermagan. Keyinchalik, Camp 4 deb ataladigan juda ham sovuq, kislorod kam hududdan uning murdasi topilgan[11].

Manbalar

tahrir
  1. Breed, Allen G.; Gurubacharya, Binaj. „Everest remains deadly draw for climbers“. USA Today (2006-yil 16-iyul).
  2. „Everest: Beyond the Limit“. Competitor Magazine Online. 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-may.
  3. „arxiv nusxasi“. 2016-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-may.
  4. „Everest remains deadly draw for climbers - USATODAY.com“. usatoday.com. Qaraldi: 2024-yil 15-may.
  5. Breed, Allen G.; Gurubacharya, Binaj „A Climber's Highest Ambition“ (2006-yil 23-iyul).
  6. „The Sunday Times – Left to die at the top of the world“. 2016-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-may.
  7. Carlson, Caitlin „What it's Actually Like to Climb Everest With No Oxygen—and Document the Whole Thing on Snapchat“. mensfitness.com.
  8. „Mount Everest Expeditions 2000 to 2009“. everest1953.co.uk. 2016-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-may.
  9. Bowley, Graham. „K2 tragedy: 'We had no body, no funeral, no farewell ...'“ (2010-yil 12-noyabr).
  10. „Himalayan Database Expedition Archives of Elizabeth Hawley“. himalayandatabase.com.
  11. „Everest K2 News ExplorersWeb – Turkish climbers about David Sharp: "He was not part of a team"“. explorersweb.com. Qaraldi: 2024-yil 15-may.