Davlat hokimiyatining oliy organlari
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Davlat hokimiyatining oliy organlari — sovet davri Kons.larida, yaʼni SSSR, OʻzSSR, SSSR tarkibidagi boshqa ittifoqdosh respublikalar va avtonom respublikalarning Kons.larida qoʻllangan tushuncha. Oʻsha paytda umumiy qoidaga koʻra, davlat hokimiyati organlari jumlasiga davlatning barcha organlarini emas, balki faqat vakillik organlarini, yaʼni aholi tomonidan saylanadigan organlarni kiritganlar. Oʻz navbatida, Davlat hokimiyatining oliy organlari va davlat hokimiyati organlarini ikki guruhga davlat hokimiyatining mahalliy organlariga ajratganlar. Kons.lar davlat hokimiyati oliy organlari jumlasiga SSSR Oliy Kengashini, ittifoqdosh respublika Oliy Kengashini (OʻzSSRda OʻzSSR Oliy Kengashini) kiritgan. Boshqa Kengashlar (xalq deputatlari oʻlka, vil. Kengashlari, xalq deputatlari avtonom vil.lar va avtonom okruglar Kengashlari, xalq deputatlari tum., sh. , shaharchalardagi tum., posyolka va qishloq Kengashlari) mahalliy davlat hokimiyati organlari jumlasiga kiritilgan. Davlat hokimiyatining oliy organlari kategoriyasining maʼnosi shundan iborat ediki, bu organlar davlatda ustunlik mavqeida turishi lozim boʻlgan va ular eng muhim vakolatlarga ega edi. Bundan tashqari, ular tegishli davlatning tasarrufiga kiritilgan har qanday masalani oʻzi koʻrib chiqishga, yaʼni uni doimiy amalga oshirish uchun vakolat berilgan organ tasarrufidan olib qoʻyishga haqli edi. OʻzRning amaldagi Kons.si Davlat hokimiyatining oliy organlari kategoriyasini qoʻllamaydi, negaki hokimiyatlar boʻlinishi konsepsiyasi asosida tuzilgan boʻlib, davlatda qaysidir organlarning ustunlik mavqeini nazarda tutmaydi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi