Davlat shakli
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Davlat shakli — konstitutsiyaviy huquq nazariyasida davlatning oliy organlarini tashkil etish usuli. Davlat hokimiyatining hududiy tuzilishi va bu hokimiyatni amalga oshirish usullari.Davlat shakli uch tarkibiy qism: boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usulidan iborat.
Aniqroq aytganda, boshqaruv shakli, yaʼni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibi; davlat tuzilishi shakli, yaʼni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning oʻzaro munosabatlari muayyan tartibi; siyosiy (davlat) idora usuli, yani siyosiy davlat (hokimiyati)ni amalga oshirish usul va metodlaridir. Davlat shakli davlat mohiyati va mazmunining bevosita ifodachisi va tarqatuvchisidir. Davlatning mohiyati va mazmuni (vazifalari) qanday boʻlsa, uning shakli xam pirovard natijada shunday boʻladi . Davlatning mohiyati u qaysi tabaqalar, guruhlar, sinflarning xohish — irodasi va manfaatlarini himoya qilishida namoyon boʻladi. Davlatni mazmun nuqtai nazaridan koʻrib chiqish u qaysi yoʻnalishlarda va qanday faoliyat koʻrsatishini aniqlashni anglatadi. Davlatni shakl nuqtai nazaridan oʻrganish, avvalambor, uning tuzilishini, asosiy tarkibiy qismlarini, ichki tuzilmasini, davlat hokimiyatini oʻrnatish va uni amalga oshirishning asosiy usullarini oʻrganish demakdir. Davlat shakli, uning mohiyati va mazmuni singari, hech qachon turgʻun boʻlib qolmagan, balki koʻplab iqtisodiy, ijtimoiy — siyosiy, mafkuraviy va b. omillar taʼsirida hamisha oʻzgarib, rivojlanib borgan. Ular haqidagi tasavvur ham muttasil oʻzgarib turgan. Buni Davlat shaklining rivojlanishi tarixi mobaynida mazkur masala yuzasidan bildirilgan turli — tuman fikrlar, qarashlar (mas. , Aflotun , Arastu fikr — qarashlari) ham tasdiqlaydi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi