Davlat yurisdiksiyasi — muayyan davlat sud va maʼmuriy organlarining ishlarni oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqish va hal qilish huquqlari. Xalqaro huquqda hududiy va shaxsiy (milliy) yurisdiksiya turlari mavjud. Hududiy yurisdiksiyada davlatlar yurisdiksiya hudud chegarasida amalga oshirilishi tushuniladi. Davlatlar oʻz hududida toʻliq yurisdiksiyani amalga oshirishga xaqli, agar bunda xalqaro shartnoma va kelishuvlarda boshqa holatlar belgilanmagan boʻlsa, belgilangan maqsadli yurisdiksiya davlatlar tomonidan uning zonalarida amalga oshiriladi, mas. , ochiq dengizda, Antarktidada va hokazo, milliy qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlatlar yurisdiksiyasi shu davlatning chet el dagi fuqarolariga ham qoʻllanadi, agar boshqa holatlar xalqaro kelishuv va shartnomada belgilanmagan boʻlsa, u yoki bu yurisdiksiyani qoʻllash xususida raqobatli yurisdiksiyalar mavjud holatlarda u yoki bu davlatning yurisdiksiyasini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala xalqaro shartnoma yoki xalqaro — huquqiy odatlarga koʻra hal etiladi. Davlat yurisdiksiyasi davlat fuqarolariga nisbatan ular xorijiy davlat hududida boʻlganlarida ham tegishli boʻlishi mumkin. Ammo agar xalqaro bitimda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ushbu yurisdiksiya faqat oʻz davlati hududida amalga oshirilishi mumkin. Raqobatchi yurisdiksiyalar mavjud boʻlgan hollarda u yoki bu davlatning yurisdiksiyasini koʻllash xakidagi masala tegishli xalqaro hujjatlar yoki xalqaro huquqiy odatlar asosida xal etiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi