Davlatga xoinlik qilish
Davlatga xoinlik qilish – mohiyatiga koʻra sotqinlik harakati. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam koʻrsatish yoʻli bilan Davlatga xoinlik qilish yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazgan xolda qasddan sodir etilgan qilmish uchun Oʻzbekiston Respublikasining 157 – moddasida jinoiy javobgarlik oʻrnatilgan. Davlatga xoinlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va chet el davlati yoki tashkilotining vakillari bilan birgalikdagi Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi maxsus ishtirokchiligini ifoda etadi. Davlat yoki tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan davlatga zarar yetkazuvchi faoliyatni amalga oshirishda xamkorlik qilish uchun jalb qilingan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi oʻzining bunday xamkorligi toʻgʻrisida xokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda arz qilsa, uning faoliyati respublika manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Basharti, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, oʻz qilmishi toʻgʻrisida xokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilib, jinoyatni ochishga faol yordam bergan va buning natijasida davlat uchun kelib chiqishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldi olingan boʻlsa, jazodan ozod qilinadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |