Davlatmand Xolov
Davlatmand Xolov (1950-yil 26-oktabrda tugʻilgan, Dogʻiston, Shoʻroobod tumani - 18-Fevral 2024) — tojik qoʻshiqchisi va bastakori. Tojikiston SSR xalq artisti (1988-yil), Oʻzbekiston xalq artisti (2018-yil), Abuabdullo Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (2012-yil)[1].
Davlatmand Xolov | |
---|---|
Tavalludi | 26-oktyabr 1950 |
Vafoti | 18-fevral 2024 |
Kasbi | ashulachi |
Fuqaroligi | SSSR Tojikiston |
Mukofotlari |
|
Biografiyasi
tahrirM.Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat sanʼat instituti bitiruvchisi (1978-yil). Koʻlob shahar madaniyat boʻlimida (1968-1973-yillar), Koʻlob musiqali drama teatrida (1978-2003-yillar) ishlagan. 2003-yildan — Tojikiston hukumati huzuridagi Televideniye va radioeshittirish qoʻmitasining „Falak“ davlat ansambli rahbari.
Davlatmand Xolovning oʻziga xos kuylash uslubi bor. N. dasturi rang-barang boʻlib, 200 dan ortiq sheʼrdan iborat. Davlatmand Xolov ijrosida „Tinchlik“ (S.Valizod sheʼri), „Zulfi Mushkin“ (M.Tursunzoda sheʼri), „Vals“ (Ayu Davat sheʼri), „Ba dehqon“ (M.Baxti sheʼri), „Sarvinoz“, „Dur mashav“, „Navbahor“, „Ohista-ohista“, „Modar“ kabi qoʻshiqlar juda yoqimli va jonli ijro etilgan.
Mukofotlari
tahrir- „Doʻsti“ va „Sharaf“[2] ordenlari bilan taqdirlangan.
- Tojikiston SSR xalq artisti (1988-yil).
- Oʻzbekiston xalq artisti (2018-yil 29-avgust) — qardosh Oʻzbekiston va Tojikiston xalqlari oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, umumiy tarixiy meros, maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va yuksaltirish borasidagi faol va samarali faoliyati va anʼanalarimiz, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni, har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Dushanbe. Ensiklopediya / Glavniy nauchniy redaktor Amirshoev N. K.. — Dush.: Glavnaya nauchnaya redaksiya Tadjikskoy Natsionalnoy Ensiklopedii, 2016. — S. 607. — 732 s. — ISBN 978-99947-33-89-7.(tg.)
- ↑ Tadjikskie deyateli kulturi. Ensiklopediya / Avtor-sostavitel Yormuxammad Suchoni. — Dushanbe, 2016. — 863 s.(tg.)
- ↑ Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 29 avgusta 2018 goda „O nagrajdenii ryada Gosudarstvennix i obщestvennix deyateley, predstaviteley kulturi, nauki i zdravooxraneniya Respubliki Tadjikistan“