Davlatobod koʻchasi (Toshkent)
Davlatobod koʻchasi — Yangihayot tumani hududida. Qipchoq va Magʻrib koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 1,5 km atrofida. Toshkent zilzilasidan (1966) soʻng tumanda olib borilgan keng qamrovli qurilishlar tufayli 1974-yil tashkil topgan. 1997-yil 18-dekabrdan Davlatobod (ungacha Dnepr) nomi bilan yuritiladi[1].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Yangihayot |
Uzunligi | 1.5 km |
Avvalgi nomlari | Dnepr koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Yoʻldosh dahasi 2-, 3-, 6-, 7-, 9-, 10-, 11-, 14-mavzelari Yangihayot tumani xalq sudi |
Koʻcha yoʻnalishida koʻp qavatli va bir qavatli uylardan iborat Yoʻldosh dahasining 2-, 3-, 6-, 7-, 9-, 10-, 11-, 14-mavzelari, tuman xalq sudi, poliklinika, notarial idora, maktab, bogʻcha va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Yaqinida xiyobon, sport majmuasi, bozor, savdo majmualari, aholiga xizmat koʻrsatish shoxobchalari hamda Chirchik daryosi bor.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.