Deborah Lawlor
Deborah Lawlor – Britaniyalik epidemiolog va Bristol universiteti professori. Bristol universitetida tibbiy tadqiqotlar kengashining epidemiologiya boʻlimida direktor oʻrinbosari boʻlgan. Asosiy faoliyati perinatal sogʻliq, reproduktiv salomatlik, kardio-metabolik kasalliklarga oid ishlar. 2017-yilda Lawlor ijtimoiy va jamoat tibbiyotiga qoʻshgan hissasi uchun CBE mukofotiga sazovor boʻlgan.
Deborah Lawlor | |
---|---|
Tavalludi |
Bradford |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Millati | Britaniyalik |
Sohasi | Epidemiologiya |
Mashhur ishlari | Epidemiologiya, reproduktiv salomatlik, perinatal salomatlik, kardio-metabolik kasalliklar |
Taʼlimi
tahrirLawlor Brefordda, hozirgi Breford universiteti joylashgan hududda tavallud topgan. Edmund Campion maktabida, keyin Joseph katolik cherkovida A darajada tahsil olgan[1]. 1986-yilda birinchi tibbiy taʼlimini Briston universitetida olgan. Bir necha yillar davomida Buyuk Britaniya va Mozambikda tibbiy tadqiqotlar olib borgan va uning ishlari koʻpchilik eʼtiboriga sazovor boʻlgan. Ishlari mazmuniga koʻra, xalq salomatligi, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik hamda shu kabi boshqa sogʻliqni saqlashning ijtimoiy muommolarini omma eʼtiboriga olib chiqqan. 1997-yilda Leeds universitetida xalq salomatligi yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasiga sazovor boʻlgan.
Faoliyati
tahrirLawlor faoliyati boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlaganidan keyin, Tibbiy tadqiqotlar kengashi tomonidan Bristolning ijtimoiy-iqtisod boʻlimiga oʻtkazildi. U yerda epidemiologiya boʻyicha professorlik unvonini oldi. Bundan tashqari London gigiyena va tropik tibbiyot maktabida, Bredford universiteti, Adelayde universiteti va Garvard kabi joylarda nufuzli lavozimlarda ishladi. Lawlor olib borgan tadqiqotlarida uzoq vaqt homiladorlikning bola va ona organizmiga taʼsiri, reproduktiv salomatlik kabi mavzular ham oʻrin olgan. Qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklarining metabolizmga aloqasini oʻrgangan. Sogʻliqni saqlash tadqiqotlari milliy institutida ishlagan vaqtlari reproduktiv salomatlikka oid boʻlim yaratgan[2]. Lawlorning diqqatga sazovor ishlaridan yana biri shundaki, u farzand koʻrishga urinayotgan juftliklar uchun in-vitro urugʻlantirishning muvaffaqqiyatli usullarini ishlab chiqdi. Bu esa homiladorlikni toʻgʻri tashkil qilish va homilasizlikning sabablarini aniqlashga qaratilgan edi[3]. U shu bilan birga, oʻz-oʻzini antenatal parvarishlashga qarshi salbiy jiharlar, yaʼni perinatal, homila vaqti va naslda-naslga oʻtadigan kardio-metabolik muommolarni ham eʼtiborga olgan[4].
Lawlor yana inferentsiya texnologiyalariga qiziqqan. Bu sababli inferentsiya boʻlib, u orqali katta sistemalar tarkibidagi muayyan hodisaning haqiqiy taʼsirini aniqlash hisoblanadi. Lawlor tadqiqotlarida bu usuldan juda koʻp foydalangan[5]. Bunda doir maqolalar chop etgan, usullarini qoʻllab quvvatlagan. Inferentsiyaga yoʻl qoʻyish tarafdori boʻlgan[6].
Deborah taʼlim tizimiga oid „salbiy CV“ darajasini kiritishni taklif qildi. Bu haqida qoʻllanma ham chop ettirdi. Unga koʻra universitetlarda kirish imtihonlari uchun O darajasi emas, kamroq talab qoʻyiladigan oʻrta taʼlim sertifikati boʻlishi kerak ekanligi, imtihonlarni oʻtkazish tartibiga oid maslahatlar bayon qilingan.
2021-yilda Lawlor yurak-qon tomir sistemasi fanlari boʻyicha va klinik epidemiologiyada Britaniya yurak jamgʻarmasi professori boʻlgan[7].
Taqdirlanishi
tahrirLawlor 2003-yilda Buyuk Britaniya sogʻlikni saqlash vazirligida ilmiy xodim lavozimiga ega boʻldi. 2006-yilda Tibbiyot fanlari akademiyasi tomonidan Sogʻliqni saqlash fakultetining hamkori sifatida saylandi. 2015, 2016, 2017, 2018-yillarda uni Thomson Reuters oʻz dunyosida yashagan eng nufuzli ilm hamjamiyatidan boʻlgan olimlarning eng yaxshi 1% roʻyxatiga kiritgan. 2017-yilda Lawlor Britaniya imperiyasidagi eng zoʻr ordeni sohibasi sifatida mashhur boʻldi.
Manbalar
tahrir- ↑ Bradford Teaching Hospitals NHS Foundation Trust. „"CBE for child health expert"“. https://en.wikipedia.org/wiki/Bradford_Teaching_Hospitals_NHS_Foundation_Trust. Qaraldi: 2017-yil 12-fevral.
- ↑ About Professor Debbie Lawlor" University of Bristol
- ↑ the Guardian „"Online IVF calculator will predict chances of fertility treatment success"“. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
- ↑ (N.d.). Retrieved 5 March 2019, from „http://www.ivfpredict.com/“.
- ↑ Lawlor, D. A., Harbord, R. M., Sterne, J. A., Timpson, N., & „Davey Smith, G.“.
- ↑ Lawlor, D. A., Tilling, K., & Davey Smith, G. (2016). Triangulation in aetiological epidemiology „International Journal of Epidemiology,“.
- ↑ The BHF. „"Deborah Lawlor"“. Qaraldi: 2023-yil 26-oktyabr.