Dediman silk roud tashkent
"DEDIMAN SILK ROUD TASHKENT" (ingl. "Dediman Ipak yoʻli Toshkent") — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahrida joylashgan. 1970-yilda "Doʻstlik" mehmonxonasi nomi bilan ishga tushgan (voronejlik quruvchilar bunyol etgan). Taʼmirlash loyihasini "TAMAX" firmasi, qurilishini esa "Apeas" firmasi bajardi (2003). 2004-yildan hozirgi nomda. Taʼmir vaqtida mehmonxonaning ichki qiyofasi oʻzgartirildi, xonalar kengaytirildi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi, mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratildi, bino qiyofasi mahobatli, zamonaviy koʻrinishga ega boʻldi. Mehmonxona 9 qavatli, 206 ta xonadan iborat; 1 oʻrinli 36 ta, 2 oʻrinli 48 ta, 2 oʻrinli (lyuks) 63 ta, 2 oʻrinli (su-per lyuks) 45 ta, 2 oʻrinli (aparta-mentli) 14 ta zamonaviy xonalar mavjud. Mehmonxona yer osti qava-tida garaj, texnik xonalar, 1-qavatda vestibyul, sogʻlomlashtirish majmuasi (ochiq va yopiq basseynlar bilan), ofis, maʼmuriy xonalar va doʻkonlar bor. 2-qavatda turar joy xonalari hamda restoran va xollar, 3—8-qavatda turar joy va xollar, 10-qavatda ochiq qahvaxona joylashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |