Defrage
Defrage — 2007-yilda tashkil etilgan Estoniya metal va rok guruhidir.
DefRage | |
---|---|
2012-yilda Bolgariyaning Plovdiv shahrida; chapdan Andre Kaldas, Aleks Ohaka, Kari "Infinity" Kärner, Argo Ollep, Andres Arens, menejer Alo Puusepp, Joonas Uus | |
Umumiy maʼlumot | |
Janrlar | Hard rok, muqobil metal |
Faoliyat yillari | 2007–2014 |
Veb-sayt | Site on Facebook |
Guruh Estoniyada koʻplab konsert dasturlarini namoyish etgan va 2009-yilda „Save Us From Religion“ filmi uchun MTV Eesti mukofotining eng yaxshi musiqiy videosi uchun yoʻnalishida gʻolib boʻlgan[1]. Ular gastrol safarlari uchun pul yigʻish maqsadida avtoturargohlar va jamoat joylarida albomlarini sotishlari bilan ham mashxur boʻlganlar[2].
Tarixi
tahrir2007-yilning boshida Kari (ritm gitarachisi) oʻzining metal.ee veb-saytidagi „Amerika uslubidagi rok guruhi uchun guruh aʼzolarini qidirmoqda“ nomli eʼloni sahifasida Mikkdan (yakkaxon gitarachi) javob olganida Defrage guruhi oʻzining ilk mashgʻulotlarini boshlagan edi. Koʻp oʻtmay, Daniel (dastlabki yillarda bass-gitara) va Sten (baraban) guruhga qoʻshildi. Mashgʻulotlar asosan Mikkning otasiga tegishli boʻlgan eski garajda boʻlib oʻtardi. Dastlab, Kari qoʻshiqchisiz guruh bilan birga mashgʻulotlar olib borgan va bu orada guruh uchun yaxshi vokal-qoʻshiqchi qidiruv eʼlonini ham toʻxtatmagan.
Guruh „Hotel Breakers“ qoʻshigʻi uchun video-klip suratga oldi va 2012-yil yanvar oyida Jackal albomini keng omma eʼtiboriga havola qildi.
Yevropada bir yillik gastrol safaridan soʻng, Defrage 2013-yil may oyida ikkinchi „The Sick Letter“ albomini chiqardi. Defrage har yili iyun oyida Avstriyada boʻlib oʻtadigan Nova Rock deb nomlangan Yevropaning kichik rok festivallaridan birida oʻz chiqishlarini amalga oshirar edi[3].
Defrage guruhining sobiq aʼzolari Kari Karner, Andre Kaldas va Kevin Presmandan tashkil topgan Illumenium nomli yangi guruh yaratilishidan oldin, 2014-yildaoʻz faoliyatiga yakun yasadi. Yangi guruh oldingi Defrage qoʻshiqlari, jumladan „The Sick Letter“ qoʻshigʻi bilan avvalgi guruh faoliyatini davom ettirdi[4].
Sobiq aʼzolari
tahrir- Mikk Künnapas — yakkaxon gitara (2007-2008)
- Artjom Jevstajev — vokal (2009-2011)
- Kaspar Peterson — bass gitara (2009-2011)
- Daniel Leppsoo — yakkaxon gitara (2007-2011)
- Aleks Ohaka — yakkaxon gitara (2011-2014)
- Andres Arens — barabanchi (2009-2014)
- Joonas Uus — bass (2011-2014)
- Argo Ollep — vokal (2007-2009, 2011-2014)
- Andre Kaldas — skriming vokal (2011-2014)
- Kari „Infinity“ Kärner — ritm gitara, vokal (2007-2014)
- Kevin Presmann — baraban (2014)
Diskografiyasi
tahrir- Save Us From Religio(EP) (2008)
- Save U.S. From Religion (maxsus nashr) (CD) (2010)
- Jackal (Shoqol) (albom) (CD) (2011)
- The Sick Letter (Bemorga xat) (albom) (CD) (2013)
Manbalar
tahrir- ↑ „MTV «Eesti TOP 100» võitis Pärnu bändi DefRage video «Save Us From Religion».“ (Estonian). Elu24.ee (2009-yil 25-fevral). Qaraldi: 2013-yil 2-avgust.
- ↑ Allkivi. „Vabandust, et tülitame! Kas olete kuulnud bändist nimega Defrage?“ (Estonian). Õhtuleht (2010-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Defrage (EE)“. 2013-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-avgust.
- ↑ Hotellitubade hirmu Defrageʼi liikmed lõid uue bändi. Elu24. 9 December 2014.