Degrez — [[Buxoro viloyati Buxoro tumani dagi aholi punkti nomi[1]. Toponim tarixan ikki qismdan tashkil topgan: deg+rez. Deg — fors-tojikcha soʻz: ovqat pishirish buyumi, rez — rextan — quymoq. Choʻyan eritib qozon, choʻmich, tova, omoch tishi va boshqa roʻzgʻor, xoʻjalik buyumlari, ish qurollari teyyorlagan hunarmand — degrez. Qadimiy lugʻaviy maʼnosi — qozon quyuvchi. Kasb-hunar soʻzi hunarmandlarning yashash va ishlash joyi nomiga oʻtgan. Degrez soʻzi ham kasb-hunar nomini, ham soha nomini ifodalaydi[2].



Manbalar tahrir

  1. Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52 bet. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 115 bet. 

[[Turkum:Buxoro