Dehqonlar urushi
Yevropada anʼanaviy jamiyatning inqirozi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi zodagonlar va knyazlarda oʻz daromadini oshirish istagini kuchaytirdi. Ular jamoa yerlarini egallab olib, dehqonlarning ulushini qisqartirdi, natural va pul yigʻimlarini, dehqonlarning ishlab berish majburiyatlarini oshirdi. Amerikadan gʻalla va kumushning oqib kelishi natijasida yuz bergan narx-navo inqilobidan ham, avvalo, Yevropa dehqonlari aziyat chekdi. Dehqonlarning ogʻir ahvoli ularni qoʻzgʻolon koʻtarishga majbur qildi.
Buyuk dehqonlar urushi
tahrirDehqonlar qoʻzgʻoloni 1524-yil yozida Germaniyada boshlandi. Xalq reformatsiyasi deb atalgan bu qoʻzgʻolonga ruhoniy Tomas Myunser boshchilik qildi. Qoʻzgʻolon tez orada butun Germaniyani qamrab oldi va Buyuk dehqonlar urushi degan nom oldi. Unda oʻn minglab dehqonlar qatnashdi. Bir yildan oshiq davom etgan qoʻzgʻolon 1526-yil boshida magʻlubiyatga uchradi. Uning koʻplab ishtirokchilari qattiq jazolandi, Tomas Myunser qatl qilindi.
Manbalar
tahrirBu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |