Nozima Dehqonxoʻjayeva
Nozima Abdullayevna Dehqonxoʻjayeva (1928.20.12, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1987), tibbiyot fanlari doktori (1967), professor (1967). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1949). Vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1958—60), Oʻlka tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti gastroenterologiya laboratoriyada katta ilmiy xodim (1960—69), Protozoy kasalliklar boʻlimi boshligʻi (1971—91), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Mikologiya va protozoy kasalliklar ilmiy markazi direktori (1991-yildan). Lyamblioz kasalligining kelib chiqishi, klinikasi va davosi, zamburugʻ kasalligini qoʻzgʻatuvchi patsilomises turlari ustida tadqiqotlar olib bordi. 1-darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni (1996) bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- Xronicheskiye zabolevaniya kishechnika u detey, T., 1986; Zaaminellyoz, T., 1995.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |