Delfina Merino
Delfina Merino – 1989-yil 15-oktabrda Vicente Lópezda tugʻilgan argentinalik xokkeychi. U Banco viloyati klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori hisoblanadi. 2010-yilgi jahon chempioni, besh karra Chempionlar kubogi sohibi va 2014-2015-yillardagi jahon ligasi gʻolibidir. Delfina Merino Argentina Sport vazirligining mukofotlari bilan taqdirlangan[1].
Delfina Merino | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi | Vicente López, Argentina | ||
Boʻyi | 168 cm (5 ft 6 in) | ||
Ogʻirligi | 59 kg (130 lb; 9 st 4 lb) |
Faoliyati
tahrirDelfina Argentinaning Rosario shahrida oʻtkazilgan ayollar oʻrtasida 2010-yilgi xokkey boʻyicha jahon chempionati goʻlibligini qoʻlga kiritgan[2].
2018-yil fevral oyida u Xalqaro xokkey federatsiyasi tomonidan jahondagi eng yaxshi xokkeychi ayol sifatida tan olindi[3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ Zona de atletas-Listado de becarios (isp.)
- ↑ „Hockey Women's World Cup 2018: Team Details Argentina“. FIH.
- ↑ „2017 Hockey Stars Award winners announced in Berlin“. fih.ch. International Hockey Federation (2018-yil 5-fevral). Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
- ↑ „Passion and enjoyment are key for dazzling Delfina Merino | FIH“. www.fih.ch. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |