Demografik siyosat - bu davlatning aholi tugʻilish darajasiga  darajasiga oʻzi xohlagan yoʻnalishda taʼsir koʻrsata olishi uchun moʻljallangan iqtisodiy, ma’muriy, targʻibot -tadbirlari majmuidir. Oʻzi xohlagan yoʻnalishda ta’sir koʻrsatadigan iqtisodiy, ma’muriy, targʻibot tadbirlari majmuyi.

Demografik siyosatdan turli maqsadlar koʻzlanadi:

Demografik portlash kuzatiladigan rivojlanayotgan mamlakatlarda tugʻilishni kontratseptsiya, sterilizatsiya, oilani rejalashtirish boʻyicha maslahatlar va boshqa usullar (masalan, XXRda har bir oilada bitta bola siyosati) orqali nazorat qilish siyosati (antinatalizm) mavjud.

Aholisining qarishi kuzatilayotgan rivojlangan mamlakatlarda esa aksincha, tugʻilishni ragʻbatlantirish siyosati amalda. Buning uchun turli ijtimoiy nafaqalar va bolali oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va boshqa targ’ibot-tashviqot ishlari olib boriladi.Aholisi qarib borayotgan rivojlangan mamlakatlarda, odatda siyosati, asosan, turli ijtimoiy nafaqalar va bolali oilalarga moddiy yordam berish orqali amalga oshiriladi.

Demografik siyosatga misollar tahrir

Ikkinchi jahon urushidan keyin yuzaga kelgan  demografik inqiroz tufayli demografik siyosatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Hattoki muammolar BMT Bosh Assambleyasi sessiyalarida muhokama qilindi va 1969-yilda maxsus fond UNFPA tuzildi[1].

SSSRda koʻp bolali oilalarni rag’batlantirish, moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash siyosati olib borildi. 1980-yillarda tugʻilish darajasining pasayib borishi kuzatilgach, ragʻbatlantirish ishlari yanada kuchaytirildi. Postsovet Rossiyasida tugʻilishni ragʻbatlantirish siyosati davom etdi. Bu maqsad moddiy ragʻbatlantirish chorasi sifatida onalik kapitalining joriy qilinishiga olib keldi. Biroq, demograflar ta’kidlashicha, iqtisodiy choralar tugʻilish darajasini koʻpaytirishda kutilgan yuksak samarani bermaydi[2].

Oqilona boʻlmagan demografik siyosat kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunga Ruminyaning muvaffaqiyatsiz tajribasi misol boʻla oladi.  1966-yilda Ruminiyada Nikolae Chaushesku davrida „aholining iqtisodiy taraqqiyotiga mos keladigan“ va 1990-yilga kelib mamlakat aholisining 24-25 millionga yetishiga umid bildirilgan chora-tadbirlari e‘lon qilingan. Buning uchun abortlar taqiqlandi, kontratseptiv vositalar savdosi toʻxtatildi. 25 yoshdan oshgan farzandi boʻlmagan fuqarolarga nisbatan 30 foizi miqdorida daromad soligʻi joriy etildi. Shundan soʻng, Ruminiyada tugʻilish darajasi tez suratlarda, deyarli ikki baravarga oshdi. Ammo yashirin abortlar soni ham tezlikda koʻpaya boshladi. Hattoki 1980-1983 yillarda tugʻilganlar sonidan ham ortib ketdi. Yashirin  abortlar asoratlari ayollarning oʻlimiga olib kela boshladi. Bundan tashqari, yangi tugʻilgan chaqaloqlar tashlab ketildi, bu esa mehribonlik uylaridagi yetimlar sonining koʻpayishiga sabab boʻldi. 1983-yilga kelib, tugʻilish darajasi 1966-yil darajasiga qaytdi. 1990-yilda Ruminiya aholisi soni 23 million kishidan biroz oshdi, shundan soʻng,  pasayib bordi. Hozirda Ruminiya tugʻilish darajasi eng past boʻlgan Yevropa mamlakatlari qatoriga kiradi[3].

Demografik siyosat choralari tahrir

Iqtisodiy choralar

  • Ish haqi to’lanadigan ta’tillar; tugʻilgan bola uchun  turli xil imtiyozlar- ular koʻpincha farzandlar soniga, oilaning yoshiga va ahvoliga qarab progressiv shkala boʻyicha baholanadi;
  • ssudalar, kreditlar, soliq va uy-joy imtiyozlari-tugʻilish darajasini oshirish uchun;
  • katta oilalar uchun imtiyozlar - tugʻilish darajasini oshirish.
  • oiladagi farzandlar soni chegarasidan oshib ketganligi uchun jarimalar (Xitoyda), nafaqa va imtiyozlardan mahrum qilish (tugʻilishni nazorat qilish siyosati mavjud boʻlgan boshqa mamlakatlarda);
  • toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita  farzandsizlik  soligʻini yoki unga oʻxshashini joriy etish - tugʻilishni ragʻbatlantirish va oshirish uchun.

Ma‘muriy va huquqiy choralar

  • nikoh yoshi, ajralish, abort va kontrasepsiyaga munosabat, nikoh buzilgan taqdirda onalar va bolalarning mulkiy holati, ishlaydigan ayollarning mehnat sharoitlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari.

Tarbiyaviy, targʻibot-tashviqot choralari

  • jamoatchilik fikrini, demografik xulq-atvor normalari va standartlarini shakllantirish;
  • diniy me‘yorlar, an’analar, urf-odatlarga munosabatni aniqlash;
  • oilani rejalashtirish siyosati
  • yoshlarning jinsiy tarbiyasi..

Yana qarang tahrir

  • Demografik prognoz
  • Jinsiy tarbiya
  • Insonlar sayyorasi (film)

Manbalar tahrir

  1. Максаковский В. П. Географическая картина мира. Пособие для вузов Кн. I: Общая характеристика мира. Глобальные проблемы человечества
  2. Архангельский Владимир Николаевич. „Результативность новых мер помощи семьям с детьми (опыт 2007 г.)“. Demographia.net. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Наши Чаушески“. 12-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentabr 2018-yil.

Havolalar tahrir

]