Denis Zdoʻrikov (1983-yil 4-mayda tugʻilgan) — oʻzbek yunon-rum kurashchisi, Osiyo chempionati sovrindori.

Denis Zdoʻrikov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1983-yil 4-may
Toshkent
Boʻyi 180 sm
Vazni 84 kg
Sport
Qaysi sport Yunon-rum kurashi
Medallar

Osiyo chempionati

3Bronza medali sohibi Olma-Ota 2006

Tarjimai holi tahrir

1983-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Jahon yoshlar oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Besh marta Osiyo chempionatida qatnashib, shohsupaga yaqinlashgan boʻlsa-da, faqat 2006-yilda bronza medalini qoʻlga kirita olgan. Xuddi shu 2006-yilda u nufuzli xalqaro turnir — Deyv Shults xotirasiga bagʻishlangan turnirda gʻolib boʻlgan. Uch marta jahon chempionatlarida qatnashgan, ammo yuqori natijalarga erisha olmagan.