Denis hikoyalari
„Denis hikoyalari“ (ruscha: Денискины рассказы) — rus yozuvchisi Viktor Dragunskiy qalamiga mansub hikoyalar sikli. Hikoyalarda bosh qahramon Denis Korablyov maktabgacha davrda va boshlangʻich maktabda boshidan kechirgan hodisalar haqida hikoya qilinadi. 1959-yildan chop etila boshlangan hikoyalar[1] sovet bolalar adabiyotining eng sara asarlaridan hisoblanadi. Hikoyalar bir necha marta qayta chop etilgan, ular asosida filmlar suratga olingan. 2012-yil Denis haqidagi hikoyalar „Bolalar uchun 100 kitob“ (ruscha: 100 книг для школьников) roʻyxatiga kiritilgan.
Asl nomi | Денискины рассказы |
---|---|
Muallif(lar) | Viktor Dragunskiy |
Tarjimon(lar) | Surayyo Saydaliyeva |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | hikoyalar |
Nashr etilgan sanasi | 1959-yildan boshlab |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1978 |
Sahifalar soni | 192 |
Asosiy qahramon uchun yozuvchining oʻgʻli Denis Draguniskiy asos boʻlgan. Draguniskiy keyinchalik taniqli jurnalist va dramaturg boʻlib yetishgan. Shuningdek, hikoyalarning birida tilga olingan Denisning singlisi Kseniya obrazi yozuvchining qizi Kseniya Dragunskaya asosida yaratilgan boʻlib, bu farzandi ham taniqli dramaturg boʻlib yetishgan.
1978-yil 37 hikoyadan iborat oʻzbekcha toʻplam „Yigirma yil karavot ostida“ nomi bilan chop etilgan. Hikoyalarni rus tilidan Surayyo Saydaliyeva tarjima qilgan.
Qahramonlari
tahrir- Denis Korablyov (ruscha: Денис Кораблёв) – bosh qahramon
- Denisning otasi
- Denisning onasi
- Mishka Slonov (ruscha: Мишка Слонов) – Denisning sinfdoshi va doʻsti
- Kostik (ruscha: Костик) – Denis va Mishkaning doʻsti
- Alyonka (ruscha: Алёнка) – Denisning qoʻshnisi
- Raisa Ivanovna (ruscha: Раиса Ивановна) – adabiyot oʻqituvchisi
- Boris Sergeyevich (ruscha: Борис Сергеевич) – musiqa oʻqituvchisi
Oʻzbekcha tarjimaga kiritilgan hikoyalar
tahrir- Menga Singapur haqida soʻzlab bering (ruscha: Расскажите мне про Сингапур)
- Fantomas (ruscha: Фантомас)
- Yigirma yil karavot ostida (ruscha: Двадцать лет под кроватью)
- Gʻildiraklar taq-taq-taqlab kuylaydi (ruscha: Поют колёса — тра-та-та)
- Ivan Kozlovskiyning shuhrati (ruscha: Слава Ивана Козловского)
- Menga nima yoqadi-yu (ruscha: Что я люблю…)
- Va nimalar yoqmaydi (ruscha: …И чего не люблю!)
- Mishka nimalarni yoqtiradi (ruscha: Что любит Мишка)
- Grossmeysterning shlyapasi (ruscha: Шляпа гроссмейстера)
- Josus Gazandayevning oʻlimi (ruscha: Смерть шпиона Гадюкина)
- Etik kiygan mushuk (ruscha: Кот в сапогах)
- Keksa dengizchi (ruscha: Старый мореход)
- Karam shoʻrva professori (ruscha: Профессор кислых щей)
- Boʻyoqchilar
- Tik devorda motopoyga (ruscha: Мотогонки по отвесной стене)
- „U tirik, yaltirayapti“ (ruscha: Он живой и светится…)
- Sir ochildi (ruscha: Тайное становится явным)
- Ritsarlar (ruscha: Рыцари)
- Siz, sirkachlardan qolishmaymiz (ruscha: Не хуже вас, цирковых)
- Ingliz Pavlya (ruscha: Англичанин Павля)
- Roppa-rosa 25 kilo (ruscha: Ровно 25 кило)
- Bolalikdagi doʻstim (ruscha: Друг детства)
- Gʻozning kekirdagi (ruscha: Гусиное горло)
- Moviy osmondagi qizil shar (ruscha: Красный шарик в синем небе)
- Tarvuz koʻchasi (ruscha: Арбузный переулок)
- „Katta“ konsert
- Shardagi qizcha (ruscha: Девочка на шаре)
- Fil va radio (ruscha: Слон и радио)
- Poyezddagi voqea yoki xalola-xoʻp
- Fligeldagi yongʻin yoki muz ustidagi jasorat (ruscha: Пожар во флигеле, или Подвиг во льдах…)
- Tiniq daryo boʻyidagi jang (ruscha: Сражение у чистой речки)
- Vankaning velosipedi (ruscha: На Садовой большое движение)
- Yuzi koʻk kishi (ruscha: Человек с голубым лицом)
- Samolyotda uchishimga sal qolgani haqida (ruscha: Запах неба и махорочки)
- Ajoyib fikr (ruscha: Здоровая мысль)
- Minoradan suvga qanday sakraganim haqida (ruscha: Рабочие дробят камень)
- Sayroqi qushlar koʻrgazmasi (ruscha: Амадины)
Manbalar
tahrir- ↑ Абрамова., В. И. „ДРАГУ́НСКИЙ, Виктор Юзефович“ (ruscha). Краткая литературная энциклопедия (КЛЭ). Qaraldi: 16-noyabr 2024-yil.