Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) — Oʻzbekistondagi eng yosh oliy oʻquv yurtlaridan biri; Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi birinchi va hozirda yagona institut. 2020-yilning 17-aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faoliyati yo`lga qo`yilgan.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Institut logotipi
Xalqaro nomi
Denau institute of entepreneurship and pedagogy
Turi institut
Asos solingan sanasi 2020-yil
Rektori G’anisher Rahimov
Fakultetlar 4
Talabalari 7500 dan ortiq[1]
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Manzili
Surxondaryo, Denov shaxri, Sharof Rashidov koʻchasi 360-uy, Oʻzbekiston

Vebsayt: https://dtpi.uz/

Tarixi

tahrir
 
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti bosh o'quv binosi

Tashkil qilinishi

tahrir

Prezidentimizning tashabbusi bilan 2020 yilning 17 aprel kuni qabul qilingan “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” dagi PQ-4681-sonli qarori Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining tashkil etilishiga asos bo`ldi. Ma’lumki, Denov tumani hududida XVI asrda vohada yagona oliy ta’lim maskani sifatida barpo etilgan Said Otaliq madrasasi me’moriy yodgorligi hozirgacha saqlanib qolgan. Oradan 5 asrlik muddat o‘tib, Denovda mazkur oliy ta’lim muassasasi tashkil etilishi bir qator olimlar tomonidan uchinchi Renessasansga qo‘yilayotgan zalvorli qadamlarning biri, ta’bir joiz bo‘lsa, tarixiy adolatning qaror topishi deb hisoblashdi. Denovda oliy ta’lim muassasasining tashkil etilishi o‘z davrining nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblangan Said Otaliq madrasasidagi ilmiy muhitni rivojlantirish uchun, Surxon vohasining shimoliy hududlari aholisi uchun tom ma’noda ikkinchi imkon bo‘ldi. Shubhasiz, hududda ushbu oliygohga asos solinishi Surxon vohasining shimoliy tumanlarida ta’lim va ilm-fanning yanada rivojlanishida poydevor bo‘ldi.Tadbirkorlik an’analarini ilmiy-innovatsion uslub bilan uyg‘unlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilishi esa juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki butun jahonda malakali mutaxassislarga talab yuqori bo‘layotganiga guvoh bo‘lib turibmiz.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutini yuqori malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlash maqsadida ilk yillarda professor-o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq shakllantirilib OAV orqali tanlovlar e’lon qilindi va jami 250 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarning mutaxassisliklari o‘rganildi.

 
Vasiylik kengashi tashrifi

Keyingi yillar

tahrir

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) — Oʻzbekistondagi birinchi tadbirkorlik nomli istitutlardan biri bo`lib, institut dastlab 2018-yilda Termiz davlat universiteti Denov filiali sifatida mavjud edi. Institut tashkil topganda ham 2 ta fakultet bilan ish boshlagandi. Hozirda esa Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibida 4 ta fakultet, 16 ta kafedra mavjud bo`lib, 24 ta bakalavriat ta’lim yo`nalishi, 12 ta magistratura mutaxassisliklari bo`yicha jami 8212 nafar talaba yoshlarga ta’lim berilmoqda. Professor-o`qituvchilar soni 204 nafarni tashkil etadi, shundan 6 nafari fan doktori (Dss), ilmiy darajaga ega bo`lmagan 1 nafar professor, 44 nafar fan nomzodi (PhD), 154 nafari o`qituvchilar bo`lib, ilmiy salohiyat 36,4 foizni tashkil etmoqda. Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Filologiya,Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti, Pedagogika, Aniq va tabiiy fanlar fakultetlari faoliyat yuritmoqda. Ularda jami 8212 nafar talaba tahsil olmoqda. Institut 24 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 12 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi, 17 mutaxassislik boʻyicha doktorantura mavjud. Talabalarning puxta bilim olishlari uchun dars jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadida 334 ta videodarslar, 855 taqdimotlar, 2057 ta elektron o‘quv adabiyotlar, 697 ta ma’ruza matnlari va glossariylar, oraliq nazorat savollari, test savollari bilan masofaviy ta’lim platformasi foydalanuvchilar soni bo‘yicha respublikadagi OTMlar orasida kuchli 20 talikdan o‘rin egalladik. Bugungi kunda ARM fondidagi mavjud 13174 nomdagi adabiyotlarning 84,9% elektron shaklga o‘tkazilgan. ARM WI-FI tarmog‘iga ulangan.

Institutning ijtimoiy va xalqaro faoliyati

tahrir

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Turkiyaning Tokat Gaziosmanpashsha, Belorussiyaning Minsk, Xitoyning Bejing va grafika, Rossiyaning Moskva lingvistika, Oltoy, Adigey, Ulyanovsk, Qirg‘izistonning Botken, Tojikistonning Osimi nomidagi Texnika, Moliya va iqtisodiyot, Ayniy nomidagi universitetlari bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

  2022-2023 o‘quv yilida Germaniya, Xitoy, Turkiya, Polsha, Janubiy Koreya va boshqa xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassassalari, ilmiy markazlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi hamda 2022-2023 o‘quv yilida Yevropa, Osiyo oliy ta’lim muassassalari bilan ta’limning turli sohalari bo‘yicha 10 dan ziyod hamkorlik shartnomalari tayyorlandi va imzolandi.

  Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti va Oltoy davlat universiteti o‘rtasida kelishuv asosida 2022/2023 o‘quv yilida qo‘shma dastur (1+1) magistrutura qabul jarayoni tashkil etildi. Rossiya davlatining bir nechta Moskva lingvistika universiteti, Oltoy davlat universiteti va Adigey davlat universitetlari bilan Talabalarning mobillik almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda DTPIning axborot resurs markazi fondi 60078 dona, 40105 nomda darslik, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy, xorijiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, shu jumladan elektron kitoblar bilan boyitildi. Shu bilan bir qatorda, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining yangi ARM binosi qurib bitkazilgan bo‘lib, bugungi kunda o`zining samarali faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, respublikamizning tajribali professor o‘qituvchilari va mutaxassislari ishtirokida onlayn seminar-treninglar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni olib borish orqali tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilganligi buyuk ajdodlarimizning vorislarini tarbiyalashda o‘z xizmatini ko‘rsatmoqda.

Talabalarga zamonaviy ilm olishlari, intellektual va jismoniy rivojlanishlari uchun to‘liq sharoitlar yaratishlar ustida olib borilgan qator samarali ishlar natijasi o‘laroq, 2023-yilning 27-yanvar kuni  2021-2022 yillar davlat investitsiya dasturi doirasida (jami 63 mlrd 279 mln so‘mlik) bunyod etilgan 1200 o‘ringa ega zamonaviy o‘quv bino, 750 o‘ringa ega talabalar turar joyi, undan tashqari barcha zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Raqamli iqtisodiyot markazidan iborat o‘quv kompusi foydalanishga topshirilgani oliygohimiz tarixida muhim voqea bo‘ldi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida „Tadbirkorlik va pedagogika“ ilmiy-uslubiy jurnali (2023) chiqadi. Institut oʻz bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili prof, oʻqituvchilarning 100 ga yaqin ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.

Rektorlar

tahrir

Rahbariyat va professor-oʻqituvchilar tarkibi

tahrir

Rahbariyat

tahrir
  • Rektor – Rahimov Gʻanisher Xudoyqulovich
  • Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor – v.b. Djoʻrayev Baxtiyor Rajabovich
  • Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor – Allayorova Solixa Narzulloyevna
  • Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor – Mamajonov Raxmatullo Yakubjonovich
  • Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor – Tursunov Dilmurat Xolmuratovich

Professor-oʻqituvchilar tarkibi

tahrir
  • Raximov Gʻanisher Xudoyqulovich – filologiya fanlari doktori, professor, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori
  • Namazov Shafoat Sattorovich – kimyo fanlari doktori, professor, akademik
  • Mamajonov Raxmatullo Yakubjonovich – texnika fanlari doktori, dotsent
  • Allayarova Solixa Narzulloyevna – pedagogika fanlari doktori, dotsent
  • Eshqorayev Ulugʻbek Choriyevich – texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Umarov Baxtiyor Raxmatovich – Biologiya fanlar nomzodi, dotsent
  • Musurmonqulova Madina Nosirovna – pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent
  • Sobirova Mavjuda Roʻziyevna – pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent
  • Davlatbekov Akimbek Avalbekovich – fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent
  • Ismatov Sunnatullo Shamsullayevich – texnika fanlari nomzodi, dotsent
  • Bozorov Ruslan Hamdamovich – iqtisod fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent
  • Yakubova Dilaram Tadjiyevna – tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent
  • Xoʻjanova Tamara Joʻrayevna – falsafa fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent

Fakultetlar

tahrir
  1. Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
  2. Filologiya fakulteti
  3. Pedagogika fakulteti
  4. Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti

Kafedralar

tahrir
  1. Boshlang'ich ta'lim metodikasi
  2. Pedagogika va psixologiya
  3. Tarix va falsafa
  4. Rus tili va adabiyoti
  5. Umumiy fizika va qurilish muhandisligi
  6. Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar
  7. Maktabgacha ta'lim
  8. Moliya va bank ishi
  9. Axborot texnologiyalari
  10. Jismoniy tarbiya va sport
  11. Xorijiy til va adabiyoti: Quyi kurslar
  12. Xorijiy til va adabiyoti: Yuqori kurslar
  13. Raqamli iqtisodiyot
  14. Oliy matematika
  15. O'zbek tili va adabiyoti
  16. Biologiya va qishloq xo'jalik maxsulotlari texnologiyalari

Bakalavr yoʻnalishlari

tahrir

Kunduzgi

tahrir
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60110100 Pedagogika
2 60110200 Maktabgacha ta’lim
3 60110500 Boshlang‘ich ta’lim
4 60110600 Matematika va informatika
5 60111300 Musiqa ta’limi
6 60111700 O‘zga tilli guruhlarda rus tili
7 60111800 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
8 60112200 Jismoniy madaniyat
9 60220300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
10 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
11 60310100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
12 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
13 60410400 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
14 60410500 Bank ishi va auditi
15 60411300 Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
16 60510100 Biologiya (turlari bo‘yicha)
17 60530100 Kimyo (turlari bo‘yicha)
18 60530900 Fizika
19 60540100 Matematika
20 60610500 Kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-Servis", "Axborot xavfsizligi", "Multimedia texnologiyalari")
21 60710100 Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
22 60730300 Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi
23 60811300 Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
24 61010400 Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha )

Sirtqi

tahrir
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60110200 Maktabgacha ta’lim
2 60110500 Boshlang‘ich ta’lim
3 60111300 Maktabgacha ta’lim
4 60110600 Boshlang‘ich ta’lim
5 60220300 Musiqa ta’limi
6 60310100 Matematika va informatika
7 60410100 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
8 60410400 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
9 60410500 Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
10 60510100 Moliya va moliyaviy texnologiyalar
11 60610500 Bank ishi va auditi
12 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili

Kechki

tahrir
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60111700 O‘zga tilli guruhlarda rus tili
2 60111800 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

Magistratura yoʻnalishlari

tahrir
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 70110102 Pedagogika va psixologiya
2 70110501 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
3 70111401 O‘zbek tili va adabiyoti
4 70111501 Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
5 70111801 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
6 70220301 Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)
7 70310102 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
8 70411302 Biznesni boshqarish (Master of Business Administration — MBA)
9 70510101 Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
10 70530101 Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)
11 70530901 Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
12 70540101 Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
13 70610101 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari

Havolalar

tahrir
  1. Institutning veb sahifasi
  2. Institutning telegramdagi rasmiy kanali
  3. Institutning facebookdagi rasmiy sahifasi
  4. Institutning instagramdagi rasmiy sahifasi
  5. Institutning YouTube dagi rasmiy sahifasi

Talabalar hayoti va yutuqlari

tahrir

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, 2020-04-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-01-09