Deputat maqomi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Deputat maqomi — Davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining huquqiy holati boʻlib, u deputatlik mandatining siyosiy-huquqiy tabiati, uning yuzaga kelishi, toʻxtatilishi, amalda boʻlish muddati, deputatlar vakolati, ular faoliyatining kafolatlanganligi, shuningdek deputatlarning hisobdorligi, nazorat qilinishi va javobgarligi bilan bogʻlangan ijtimoiy munosabatlarni boshqaradigan huquqiy normalar majmui bilan aniqlanadi. Deputat maqomini mustahkamlovchi huquqiy normalar Kons.larda, maxsus qonunlar, palatalar reglamentlarida beriladi. 2004-yil 2-dekabrda „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida“, „Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida“ va „Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunlari qabul qilindi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi