Deputatni chaqirib olish — „Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini OʻzR Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 1-m.siga muvofiq deputatni, senatorni chaqirib olish uchun quyidagilar asos boʻladi:

  • deputatning, senatorning OʻzR qonun xujjatlarini jinoiy, fuqaroviy, maʼmuriy hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa turdagi javobgarlikka olib kelishi mumkin boʻlgan tarzda buzganligi;
  • deputatning, senatorning axloq, deputatlik odobining umumeʼtirof etilgan normalarini qoʻpol ravishda buzuvchi va deputat, senator nomiga dogʻ tushiruvchi hamda davlat hokimiyati vakillik organlarining obroʻsiga putur yetkazuvchi harakatlar, nojoʻya ishlar sodir etganligi;
  • deputatning, senatorning qonun xujjatlarida nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda, uzrli sabablarsiz bajarmaganligi, shu jumladan tegishli xalq deputatlari Kengashlarining , OʻzR Oliy Majlisi QPning , OʻzR Oliy Majlisi Senatining majlislarida, ularning organlari ishida ishtirok etmaganligi, ularning topshiriqlarini bajarmaganligi.

Qonun xujjatlariga muvofiq Deputatni chaqirib olish u saylangan okrug saylovchilarining yashirin ovoz berishi yoʻli bn amalga oshiriladi. Markaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organlarining Deputatni chaqirib olish masalasi boʻyicha ovoz berishni oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida qonunga muvofiq xalq deputatlari vil., tum., sh. Kengashining deputatini, shuningdek QP deputatini chaqirib olish boʻyicha okrug komissiyasi tuzilishini taʼminlaydi hamda ovoz berish vaqti va joyini tayinlaydi. Markaziy saylov komissiyasi bu haqda xalk deputatlari vil., tum., sh. Kengashini, QPni yoki Senatni xabardor qiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi