Derrida Jak
Derrida Jak—fransuz faylasufi. U Gegel,Nitsshe,Gusserl,Xeydegger,Freyd gʻoyalari hamda adabiy avangartchilikdan(Arto,Betiy,Blansho,Klossoviskiy va boshqalar) taʼsirlangan.
Tatqiqotlari
tahrirDerrida mumtoz va hozirgi davr gʻarb falsafasining yetakchi yoʻnalishlari foydalanib kelgan aqliy faoliyat shakllari imkoniyatlarining barham topganligi haqidagi masalani oʻrtaga qoʻyadi. U yashagan davrda Yevropa madaniyati va falsafasiga xos muhim xususiyati ,,logosentrizmʼʼdan iborat qusurlarga ega boʻlgan matnlarning keng tarqalgani edi. Uning fikricha,Gʻarbiy Yevropa metafizikadan xalos boʻlish uchun matnlarni dekonstruksiyalash shart. Dekonstruksiyalashda matnlardagi tayanch tushunchalarni va matnning oʻzi bilan aynan bir boʻlmagan metafora qismini, matnning boshqa matnlar bilan kesishadigan joylarini aniqlash kabi falsafiy tadqiqot amalga oshiriladi. Derrida taʼkidlashicha, falsafaning tili koʻp qatlamlidir. Shunga koʻra falsafa aniq-ravshanlikka daʼvo qila olmaydi. Barcha kategoriyal farqlanishlarning tayanch nuqtasi, ishtirok etish maʼnosidagi borliq tushunchasi boʻlgani uchun Derrida tatqiqoti, avvalo, shu tushunchaga qaratilgan.
Taʼlimotlari
tahrirDerridaning fikriga koʻra, hozirgi davrning oʻzigagina tegishli hayotiylik yoʻq. Unda oʻtmishning izlari bor, kelajak shakllari ham unda jo boʻladi. Unda ,,tafovvutlarʼʼ va ,,kechikishlarʼʼ mavjud. Chindan ham oʻzidan keyin keladigan ikkinchi mavjud boʻlishi uchun ,,birinchiʼʼ birinchi boʻladi:ikkinchi aynan oʻzining kechikishi bilan ,,birinchiningʻʼ imkoniyatini yaratadi. Demak boshlangʻich hodisa oʻz-oʻziga teng emas, ibtidoda takrorlanish, nusxalanish, iz, ,,grammaʼʼ va hokazolar bor. Bunda oʻziga xos toʻldirilish va oʻrin bosish harakati sodir boʻladiki, bular tashqaridan qaraganda nimasi bilandir dialektikani eslatadi. Oʻziga yetarli yaxlitlikka tashqaridan toʻldirish kiritilmaydi, balki qaysidir narsada yetishmovchilik boʻlsa, oʻshanga qoʻshiladi, zero yaxlitlikka erishilmagani uchungina unga biron narsa qoʻshilishi mumkin. Derrida fikriga koʻra, metafizik tafakkur yoʻqlik izlarini oʻchirib tashlashga moyildir, vaholanki, ayni shu izlar ishtirok etish holatini vujudga keltiradi. Lekin buni tushunish mumkin, zero, yoʻq narsa haqida fikr yuritish juda qiyin, chunki har qanday fikriy mashq bu biron bir narsa(yoki jarayon)ni aynan hozir boshdan kechirish holatidan iboratdir. Aynan shu maʼnoda hech qanday farqlantirish tajribasi naqd ishtirokchilik falsafiy gʻoyasini rad eta olmaydi. Metafizik fikr chegaralarini koʻrsatish uchun umumlashgan tajriba—matnning oʻzini boshdan kechirish tajribasi kerak boʻladi. Matn geteronamiya tamoyili ,,turli qonunchilikʼʼ yoxud bitta yoʻnaltiruvchi tamoyil yoʻqligining mujassamidir. Bu shunday tuzilmaki, uning jismida koʻplab boshqa narsalarning ,,emlanganʼʼ izi koʻrinib turadi. Bu hol, ayniqsa, matnlardagi uzilishni koʻrsatadigan soʻz-belgilarga emas. Platonda ,,farmokonʼʼ(bu bir vaqtning oʻzida ham yovuzlik, ham ezgulik, ham zahar, ham dori maʼnosida keladigan tushuncha),Russoda ,,oʻrinni egallash—toʻldirishʼʼ(tabiat tabiiy holatiga madaniyatning tajovuz qilishi va busiz tabiatning mavjud boʻla olmasligi) va hokazolarga, ayniqsa tegishlidir. Matn ,,matosiʼʼ(jismi) shunday maʼnolar oʻyinidan toʻqiladi. Masalan,Platon dialogida Suqrot—,,farmakevsʼʼ(sehrgar, moʻjizakor)dir, uning ,,farmokonʼʼ(zahar) bilan oʻldirilishi esa Suqrotning ,,farmokosʼʼ(behuda oʻldirilgan odam)ga aylantiradi(,,Platon attorligiʼʼ).Odatda sanʼat sohasiga tegishli bu uslub falsafiy farqlash jarayoniga aylanadi.
Asarlari
tahrirDerrida asarlarining eng muhimlari
- ,,Pochta ochiq xati—Suqrotdan Freydgacha va undan narigiʼʼ(1980-y),
- ,,Psixiya:oʻzgani kashf etishʼʼ(1987-y) kabilardir.
Turli janrdagi bu asarlarda umumiy mavzular quyidagi mavzulardan iborat:ruh va jon nima?Kashfiyot qanday qilib va kim tomonidan sodir etiladi?Falsafa oʻzi qanday mavjud boʻladi? Keyingi vaqtlarda Derrida ,,milliy falsafaʼʼ—falsafiy tafakkurdagi milliy farq muammolariga bagʻishlangan seminarlarni ham olib bordi.
Adabiyotlar
tahrir,,Falsafaʼʼ(qomusiy lugʻat). Toshkent—2004
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |