Devkamar gʻori
Devkamar gʻori — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi gor. Sarimastogʻning janubiy yon bagʻrida, 1315 m balandlikda, togʻ etagidan nisbiy balandligi 160 m. Yura davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Kirish qismi ravoq shaklida, eni 20 m, balandligi 13 m gacha. Gʻor bir necha yoʻlak va xonalardan iborat boʻlib, ularning eni 5-10 m, balandligi 2-3 m. Sahni deyarli tekis, guano qatlami bilan qoplangan. Gʻor ogʻzi qismidagi ohaktosh yoriqlarida va gʻor toʻridagi shipida sizib chiqqan mumiyo izlarini koʻrish mumkin. Ichkarida uz. 6 m gacha, eni 1,5 m gacha va balandligi 0,7 m gacha boʻlgan har tomonga yoʻnalgan yoʻlakchalar mavjud. Gʻorning umumiy uz. 46 m, maydoni 423 m2, hajmi 2682 m3.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |