Diafra Sakho (talaffuzi: Diafra Sako; 1989-yil 24-dekabrda Senegalda tugʻilgan) — senegallik futbolchi, Saudiyaning „Al-Ittihad“ futbol klubi hujumchisi. Senegal terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Diafra Sakho
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Diafra Sakho
Tavallud sanasi 24-dekabr 1989-yil (1989-12-24) (34 yosh)
Tavallud joyi Guédiawaye, Senegal
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nancy
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2007 Génération Foot
2007—2009 Metz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2014 Metz 114 (44)
2012 → Boulogne (ijara) 7 (0)
2014—2018 West Ham United 62 (18)
2018—2020 Rennes 15 (2)
2018—2019 → Bursaspor (ijara) 20 (3)
2020 Neuchâtel Xamax 8 (0)
2021—2022 Arta/Solar7
2022— Nancy 10 (3)
Milliy terma jamoa
2014—2019 Senegal 12 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 28-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Diafra Sakho „Metz“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2009-yilda zaxira jamoa safida 22 ta o‘yinda 17 ta gol urgan va chempionat uchun asosiy tarkibdan joy olgan. Diafra Sakho 2010-yilning 19-yanvarida asosiy jamoa tarkibida debyutini „Brest“ futbol klubiga qarshi o‘tkazgan[1]. 2010-yil 10-sentabrda „Nantes“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Diafra Sakho „Metz“ futbol klubi safida ilk golini urgan[2]. 2012-yilda doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Bolton“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 4-fevral kuni „Arles-Avignon“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Diafra Sakho yangi klub safida debyut qilgan[3]. 2013—2014-yilgi mavsumda Sakho 37 oʻyinda 20 ta gol urgan va chempionatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

2014-yilning yozida Diafra Sakho Angliyaning „West Ham United“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 4,5 million funtni tashkil qilgan. 23-avgust kuni „Crystal Palace“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Diafra Sakho ikkinchi boʻlimda Karlton Koul oʻrniga Angliya premyer ligasida debyut qilgan[4]. 15-sentabr kuni „Hull City“ futbol klubiga qarshi bahsda Diafra Sakho „West Ham United“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[5]. Shundan soʻng Diafra Sakho turnir davomida har bir oʻyinda gol urgan[6]. Jumladan, u „Liverpool“ va „Manchester City“ futbol klublari bilan oʻyinlarda ham muvaffaqiyatli gollar kirirtgan[7].

2015-yilning 2-iyulida Andorraning „Lusitanians“ jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi saralash bahsida Diafra Sakho „dubl“ qayd etgan[8]. Avgust oyida Diafra Sakho politsiya tomonidan uydagi zoʻravonlik va oʻldirish bilan tahdid qilganlikda ayblanib hibsga olingan va garov evaziga ozod qilingan[9]. 2018-yil boshida Diafra Sakho Fransiyaga qaytib, „Rennes“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 10 million yevroni tashkil qilgan[10]. 4-fevral kuni „Guingamp“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Diafra Sakho yangi klubida debyut qilgan[11]. 17- fevral kuni „Caen“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Diafra Sakho „dubl“ga erishgan va „Rennes“ futbol klubi safidagi ilk gollarini kiritgan[12]. 2019-yilning 31-dekabrida Diafra Sakho „Rennes“ futbol klubi bilan shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilgan[13].

Xalqaro faoliyati tahrir

2014-yil 21-mayda Burkina-Fasoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Diafra Sakho Senegal terma jamoasi safida debyut qilgan. Oʻsha yilning 25-may kuni Kosovo terma jamoasiga qarshi oʻyinda Diafra Sakho terma jamoadagi ilk golini urgan.

2018-yilda Diafra Sakho Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Kolumbiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[14].



Statistikasi tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Part. Goles Part. Goles Part. Goles Part. Goles
F. C. Metz  Fransiya 2009—2010 5 0 1 0 - 6 0
2010—2011 30 5 4 0 - 34 5
2011—2012 9 0 1 2 - 10 2
U. S. Boulogne  Fransiya 2011—2012 7 0 - - 7 0
Jami 7 0 - - - - 7 0
F. C. Metz  Fransiya 2012—2013 33 19 6 4 - 39 23
2013—2014 37 20 1 0 - 38 20
Jami 114 44 13 6 - - 127 50
West Ham United F. C.  Angliya 2014—2015 23 10 3 2 - 26 12
2015—2016 21 5 1 0 2 2 24 7
2016—2017 4 1 0 0 0 0 4 1
2017—2018 14 2 3 2 - 17 4
Jami 62 18 7 4 2 2 71 24
Stade Rennais F. C.  Fransiya 2017—2018 13 2 1 1 - 14 3
2018—2019 2 0 - - 2 0
2019—2020 0 0 0 0 - 0 0
Jami 15 2 1 1 - - 16 3
Bursaspor  Turkiya 2018—2019 20 3 0 0 - 20 3
Jami 20 3 0 0 - - 20 3
Umumiy faoliyatida 218 67 21 10 2 2 241 79

Manbalar tahrir

  1. „Мец VS. Брест 0:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 19-yanvar). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.
  2. „Мец VS. Нант 1:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 10-sentyabr). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.
  3. „Арль-Авиньон VS. Булонь 2:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 4-fevral). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.
  4. „Кристал Пэлас VS. Вест Хэм Юнайтед 1:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 23-avgust). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.
  5. „Халл Сити VS. Вест Хэм Юнайтед 2:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 15-sentyabr). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.
  6. „Вест Хэм Юнайтед VS. Манчестер Сити 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 25-oktyabr). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.
  7. „Вест Хэм Юнайтед VS. Ливерпуль 3:1“ (ru). soccerway.com (2014-yil 20-sentyabr). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.
  8. „Вест Хэм Юнайтед VS. Лузитанс 3:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 2-iyul). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
  9. „Форвард «Вест Хэма» арестован по подозрению в угрозе убийством“ (ru). eurosport.ru (2015-yil 25-avgust). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
  10. „Диафра Сако перешел из «Вест Хэма» в «Ренн»“ (ru). sports.ru (2018-yil 29-yanvar). 2018-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-yanvar.
  11. „Ренн VS. Генгам 0:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 4-fevral). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
  12. „Кан VS. Ренн 2:2“ (en). soccerway.com (2018-yil 17-fevral). 2018-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
  13. „Le contrat de Diafra Sakho résilié“ (fr). Site officiel du Stade Rennais (2019-yil 31-dekabr). 2020-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-fevral.
  14. „Сенегал VS. Колумбия 0:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 28-iyun). 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.