Diafragma eventratsiyasi
Diafragma eventratsiyasi yoki (diafragmaning churrasi) — neyrogen sabablar yoki pay markazi yoxud diafragmaning mushak qismi nuqsoni rivojlanishi sababli kelib chiqadigan xirurgik kasalliklarga aytiladi.
Diafragma eventratsiyasi | |
---|---|
KXK-10 | K44.0 Q79.0 K44.9 |
KXK-9 | 553.3 |
OMIM | 142400 |
DiseasesDB | [1] |
MedlinePlus | 001135 |
Etiologiyasi
tahrirNeyrogen sabablar old shox hujayralarining tug‘ma mavjud bo‘lmasligi (Verdnig-Goffman kasalligi) yoki diafragmal nervning shikastlanishini kabi omillar eng koʻp uchraydigan sabablardan biri hisoblanadi. Qiyinchilik bilan kechadigan tug‘ishlarda, xususan, bolaning tug‘ish yo‘llaridan o‘tishida, ko‘pincha bo‘yin yoki yelkaning cho‘zilishi sababli nerv shikastlanadi. Odatda, bunday hollarda yelka tutashgan joyining falaji (Erb-Dyushen falaji) ham qo‘shilishi mumkin. Diafragma eventratsiyasini bo‘yin va ko‘ks oralig‘idagi operatsiya vaqtidagi diafragma nervidagi jarohat, shuningdek, uning oldida lokallashadigan yallig‘lanish jarayoni yoki o‘simtalar chaqirishi mumkin[1].
Patogenezi
tahrirTug‘ma eventratsiyaga keladigan bo‘lsak, u baʼzan diafragmaning kichik qismi bilan chegaralanadi, baʼzida esa ko‘krak bo‘shlig‘i to‘sig‘ini to‘liq qoplaydi, shunday ekan, faqat plevroperitoneal membrana mavjud bo‘ladi. Bu holatda, eventratsiya va churrali qopga ega TDCH orasidagi farq shartli bo‘ladi. Tug‘ma eventratsiya, ko‘pincha chap tomonlama uchraydi, lekin ikki tomonlama zararlanish ham qayd etilgan. O‘lchamlari bo‘yicha katta churrali bo‘rtish qorin ichidan o‘pka gipoplaziyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Garchi trisomiya 13-15 va 18 kuzatilganligi qayd etilgan bo‘lsa-da, boshqa qo‘shma anomaliyalar kam uchraydi.
Gallereya
tahrirKlinikasi
tahrirQorin ichidagi davomiy bosimda erkin „osilib turgan“ diafragma ko‘krak qafasiga tegadi, bu bemorning ahvolini chalqancha yotganida og‘irlashadi. Nafas olish vaqtida ko‘krak ichki bosimi aʼzolarning churrali bo‘rtib, ko‘krak qafasiga tegishini oshishiga va ko‘ks oralig‘ining qarama-qarshi tomonga ko‘chishiga olib keladi. Odatiy klinik alomatlari — respiratorli distress va pnevmoniya. Baʼzan epigastral sohadagi yoqimsiz hislar, qusish va hatto mos keluvchi simptomdagi qorin burashi kabi alomatlar JKT tomonidan rivojlanadi.
Tashxislash
tahrirDiafragmaning yuqori turganini ifoda qiladigan ko‘krak qafasi rentgenografiyasi yordamida o‘rnatiladi. Ekran ostida yoki UTTda o‘rganilganda, nafas olish va chiqarish vaqtida, uning paradoksal harakatini ko‘rish mumkin. Eventratsiyaning o‘simta, o‘pkaning tug‘ma kistalari, sekvestratsiya, yallig‘lanadigan o‘pka infiltrati va plevral yiring bilan diffirensal diagnostikasi uchun pnevmoperitoneum, jigarni izotop skanerlanishi, OITning kontrast o‘rganilishi va kompyuter tomografiyasidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Davolash
tahrirDiafragmal nervning orttirilgan falaji holatida, balki davolashni boshlash paytini kutgan maʼqul. Mabodo ventilyatsion yordam 2 haftadan ko‘proq zarur113 bo‘lsa, u holda jarrohlik muolajasini qo‘llash kerak. Simptomsiz o‘tadigan kichik lokal eventratsiya operatsiya talab qilmaydi. Diafragmaning katta qismi zararlangan holatda, bu o‘pka funksiyasiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi, shuning uchun ham jarrohlik amaliyotini qo‘llanilishi kerak. Operatsiya torakotomik yo‘l orqali yettinchi qovurg‘a orasi orqali amalga oshiriladi. Diafragmani tarqalmaydigan materialdan keng choklar bilan qat-qat gofrirovkalanadi. Agar diafragmaning diafragmal nerv bilan qo‘zg‘atilgan qismi zararlangan bo‘lsa, choklarni qo‘yish vaqtida transtorakal yo‘l nerv shoxchalarini ko‘rish va uning shikastlanishidan qochish imkonini beradi. Ikki tomonlama eventratsiyada va nerv falajlanishi kuzatilgan holatlarda hamda difragmaning ko‘p qismi jarayonga qo‘shilganda trans abdominal aralashuv effektiv hisoblanadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ M.M. Aliev. [111-113 Bolalar xirurgiyasi]. Toshkent: YANGI NASHR. ISBN 978-9943-22-1574. Qaraldi: 25-noyabr 2022-yil.
- ↑ A. S.Sulaymonov. Bolalar xirurgiyasi, 2000, Toshkent: Abu Ali Ibn Sino. ISBN 5 — 6 3 8 — 0 2 1 3 2 —9.