Diana Prazak (talaffuzi: Diana Prazak; 1979-yil 20-iyulda tugʻilgan) — avstraliyalik professional bokschi va 2013-yildan 2014-yilgacha ikkinchi yarim yengil vazn toifasida WBC chempionlik unvonini qoʻlga kiritgan. Diana Prazak BoxRec vebsayti tomonidan eng yaxshi faol bokschi deb topilgan birinchi avstraliyalik bokschidir[1].

Diana Prazak
Statistikasi
Vazn toifasi Ikkinchi yarim yengil vazn
Tavalludi 20-iyul 1979-yil (1979-07-20) (44 yosh)
Melbourne, Avstraliya
Professional faoliyati
Janglari soni 18

Havaskor sifatida faoliyati tahrir

27 yoshida Prazak vazn yoʻqotish uchun mahalliy boks zaliga qoʻshilgan va mashq qila boshlagan. Prazak birinchi havaskor jangini olti oylik mashgʻulotdan keyin 64 kg vaznda oʻtkazgan. U havaskor jangchi sifatida oltita jangda qatnashib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Janglardan oxirgisida milliy chempionlik unvoniga ega boʻlgan Prazak, yengil vazn toifasida havaskorlar oʻrtasida Avstraliya chempioniga aylangan. Bu jang Prazakning professional boʻlishdan oldingi soʻnggi havaskor jangi edi.

Professional faoliyati tahrir

Prazak professional boksdagi debyutini 2010-yil 13-mart kuni Avstraliyaning Viktoriya shtatidagi Muni vodiysida o‘tkazgan. Diana Prazak avstraliyalik Sara Howett bilan olti raundli kurashdan soʻng hakamlarning bir ovoz qarori bilan magʻlub boʻlgan[2]. 2013-yilda u ikkinchi yarim yengil vazn toifasida chempion Frida Walbergga qarshi jang qilgan va 8-raundda nokaut bilan gʻolib boʻlgan. Prazak chempionlikni qoʻlga kiritgan, Wallberg esa kasalxonaga yotqizilgan va miyasidan qon ketishi tufayli zudlik bilan operatsiya qilingan[3].

Bu jang Bittersweet hujjatli filmida koʻrsatib oʻtilgan.

Professional boks rekordi tahrir

Izoh: KO-nokaut, TKO-texnik nokaut, UD- yakdil qaror, MD- hakamlar qarori

Natija Rekord Raqib Turi Raund, vaqt Sana Izohlar
17 Gʻolib 14-3   Milagros Gabriela Díaz UD 6 13-mart 2021
16 Magʻlub 13-3   Delfine Persoon TKO 9 (10), 1:28 11-noyabr 2014 WBC ayol yengil vazn toifasi unvoni uchun
15 Gʻolib 13-2   Shannon OʻConnell TKO 5 (10), 1:56 1-mart 2014 ikkinchi yarim vazn toifasida WBC ayol unvoni
14 Gʻolib 12-2   Frida Wallberg KO 8 (10), 1:19 14-iyun 2013 WBC va WBAN jangida g'alaba qozongan
13 Magʻlub 11-2   Holly Holm UD 10 7-dekabr 2012
12 Gʻolib 11-1   Fatuma Zarika UD 10 20-aprel 2012 WIBA ikkinchi yarim yengil vazn toifasidagi unvon
11 Gʻolib 10-1   Lucia Larcinese UD 6 19-yanvar 2012
10 Gʻolib 9-1   Lindsay Garbatt TKO 9 (10), 2:00 24-sentyabr 2011 WIBA ikkinchi yarim yengil vazn toifasidagi unvon
9 Gʻolib 8-1   Siriphon Chanbuala TKO 3 (8), 1:08 13-avgust 2011
8 Gʻolib 7-1   Bronwyn Wylie UD 10 13-iyun 2011
7 Gʻolib 6-1   Eileen Forrest KO 1 (6), 1:09 1-May 2011
6 Gʻolib 5-1   Malin Morgan TKO 6 (8), 0:32 10-aprel 2011
5 Gʻolib 4-1   Nong Tak Sakrungruang TKO 6 (6), 1:00 21-noyabr 2010
4 Gʻolib 3-1   Sara George TKO 4 (6), 1:53 10-oktyabr 2010
3 Gʻolib 2-1   Rachael Phillips UD 4 17-sentyabr 2010
2 Gʻolib 1-1   Kay Hodgson TKO 3 (4), 1:59 17-iyul 2010
1 Magʻlub 0-1   Sarah Howett UD 6 13-mart 2010

Manbalar tahrir

  1. „Diana Prazak Awakening Spotlight“. Awakeningfighters.com. Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
  2. „Diana Prazak Awakening Profile“. Awakeningfighters.com. Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
  3. „Female boxer Frida Wallberg hospitalized following brutal KO loss to Diana Prazak“. Bloody Elbow (2013-yil 17-iyun). Qaraldi: 2015-yil 4-oktyabr.

Havolalar tahrir