Diapedez (qadimgi yunoncha: διαπηδάω – sakrab chiqaman, sakrayman) – qon hujayralarining kapillyarlar va mayda tomirlarning tonusi va oʻtkazuvchanligi buzilishi hisobiga, xususan, bu tomirlarni oʻrab turgan toʻqimalarning yalligʻlanishida kuzatiladigan tomir devorlari orqali chiqish jarayoni[1]. Diapedez qon ketishi turlaridan biri hisoblanadi.

Neytrofillar tugʻma immunitet reaksiyasi tufayli shikastlanish yoki infeksiya joyidagi toʻqimalarga qon tomirlaridan oʻtadi.

Neytrofillar diapedezi – neytrofillarning toʻqimalarga oʻtish jarayoni. Bunda, neytrofillar hujayralararo bogʻlanishlarning buzilishi tufayli postkapillyar venulalarning endotelial hujayralari orasidagi boʻshliqlar (fenestralar)ga kirib boradi. Diapedez koʻchib yuruvchi neytrofillar va endotelial hujayralar devorida joylashgan PECAM-1 adgezion molekulalari tomonidan amalga oshiriladi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Beekhuizen, Henry; Furth, Ralph van „Diapedesis“, . Encyclopedia of Immunology, 1998 — 757–760-bet. DOI:10.1006/rwei.1999.0200. ISBN 978-0-12-226765-9. 
  2. "The impact of the extracellular matrix on inflammation". Nature Reviews. Immunology (Nature Publishing Group) 10 (10): 712–23. October 2010. doi:10.1038/nri2852. PMID 20865019.