Dictionary.com

Onlayn inglizcha-inglizcha lug'at

Dictionary.com onlayn lugʻat dasturi hisoblanadi. Sayt domeni birinchi marta 1995-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtgan[1]. Dictionary.com saytidagi asosiy tarkib „Random House Unabridged Dictionary“ lugʻatiga asoslangan xususiy lugʻat boʻlib, sayt muharrirlari yangi va yangilangan taʼriflarni taqdim etadi[2][3]. Lugʻatning qoʻshimcha tarkibi "Collins English Dictionary", "American Heritage Dictionary" va boshqalardan olingan[4].

Dictionary.com
Tijoratmi Mavjud
Sayt turi Lug'at
Qaysi tillarda Ingliz tilida
Muassisi Rock Holdings
Muallifi Brian Kariger
Daniel Fierro
Ochilgan sanasi 14-may, 1995-yil (29 yil avval) (1995-05-14)
URL dictionary.com

Tarixi

tahrir

Dictionary.com "Lexico Publishingʻning bir qismi sifatida Brian Kariger va Daniel Fierro tomonidan tashkil etilgan. Dictionary.com keyinchalik „Thesaurus.com“ va „Reference.com“ saytlarining yaratilishiga asos boʻlgan[5]. Dictionary.com dastlab ishga tushirilganda Internetdagi maʼlumotnoma saytlaridan biri edi[6]. Dictionary.com 2008-yil iyul oyida „Lexico Publishing Group, MChJ Ask.com, IAC“ kompaniyasi tomonidan sotib olindi va uning nomi „Dictionary.com, LLC“ deb oʻzgartirildi[7][8]. 2018-yilda IAC kompaniyasi „Dictionary.com“ va „Thesaurus.com“ saytlarini „Rock Holdings“ kompaniyasiga sotdi[9]. „Dictionary.com“ sayti AQShda eng koʻp sotilgan veb-saytlar roʻyxatida 447-oʻrinni egalladi. Web saytlarni kuzatish xizmati „SimilarWeb“ maʼlumotlariga koʻra, 2015-yilda „Dictionary.com“ saytida yiliga 5,5 milliard soʻz izlangan[9][10].

Xususiyatlar va xizmatlar

tahrir

Dictionary.com sayti o‘zining xususiyatlari qatorida „Word of the Day“[11], krossvord yechish [12] hamda emoji va jargon bo‘limlarini o‘z ichiga olgan pop madaniyat lug‘atini taklif etadi.

2010-yilda Dictionary.com „change“ soʻzi bilan „ Word of the Year“ boʻlimlarini foydalanuvchilarga taqdim qila boshladi[13]. Tanlov yil davomida saytdagi qidiruv tendentsiyalari va ularni boshqaradigan yangiliklar voqealariga asoslangan edi[14]. Dictionary.com saytidagi „ Word of the Year“ boʻlimining soʻzlari[13]:

  • 2021: Allyship

2009-yil aprel oyida Dictionary.com sayti App Storeʼda foydalanuvchilarga taʼriflar va sinonimlarni topish imkonini beruvchi ilovani ishga tushirdi. Yangi ilova audio talaffuzlar, alifbo tartibida indekslash va sinonimik misol jumlalarini oʻz ichiga olagan[17]. Yangi ilovadan soʻng, Dictionary.com sayti taʼlim dasturlari, „Dictionary.com Flashcards“, „Word Dynamo“ va „Thesaurus Rex“ nomli mustaqil tezaurus ilovalarini foydalanuvchilarga taqdim qildi.

2020-yil boshida, COVID-19 pandemiyasi davridagi uyda taʼlim ehtiyojlariga javoban, Dictionary.com uyda oʻqish uchun interaktiv platforma va onlayn repetitorlik xizmatini ishga tushirdi[18]. 2020-yilning oxirida „Dictionary.com“ saytining hamkori „Thesaurus.com“ sayti „Grammar Coach“ deb nomlangan yozuv yordamchisi va grammatika tekshiruvchi dasturlarni ishga tushirdi[19].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Dictionary.com WHOIS, DNS, & Domain Info - DomainTools“. whois.domaintools.com. Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  2. Herman. „Deep Web, Revenge Porn And Microaggression Are Just Some of Dictionary.com's Latest Additions“. International Business Times (2015-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 24-fevral.
  3. Treisman. „Dictionary.com's Largest Update (Re)defines Thousands Of Words, Focusing On Identity“. NPR (2020-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-aprel.
  4. Perlman. „Dictionaries recently added more than 1,500 words. Here are some new entries“. Columbia Journalism Review (2019-yil 29-aprel). Qaraldi: 2020-yil 25-fevral.
  5. „Lexico, Dictionary.com Being Acquired By Ask.com; Price In 700 Million Range“. Gigacom. 2021-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-oktyabr.
  6. Alpert. „Defining Moment for Dictionary.com - It's For Sale“. Wall Street Journal (2018-yil 26-mart). Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  7. Auchard, Eric. „Ask.com closes acquisition of Dictionary.com“. Reuters (2008-yil 4-iyul). Qaraldi: 2019-yil 14-oktyabr.
  8. „Amended and Restated Operating Agreement of Dictionary.com, LLC“. U.S. Securities and Exchange Commission (2008-yil 17-iyul). Qaraldi: 2019-yil 14-oktyabr.
  9. 9,0 9,1 Reindl. „Cleveland Cavaliers owner Dan Gilbert just dipped into the online dictionary, thesaurus business“. WKYC Studios (2018-yil 15-noyabr).
  10. Stevens. „'Mx.' instead of 'Mr.' or 'Mrs.?' It's in the dictionary now“. Chicago Tribune (2015-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-fevral.
  11. „Definition of emolument | Dictionary.com“. www.dictionary.com.
  12. „15 crossword solvers for Android, iOS, and the web that actually work!“ (en-US). Android Authority (2020-yil 5-mart). Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  13. 13,0 13,1 „What Dictionary.com's words of the year say about us“. CNN (2018-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  14. „"Existential' crowned word of the year by Dictionary.com“. Click on Detroit. Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  15. „"Existential' crowned word of the year by Dictionary.com“. Click on Detroit. Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr."„Existential' crowned word of the year by Dictionary.com“. Click on Detroit. Retrieved December 19, 2019.
  16. „The Dictionary.com Word Of The Year For 2020 Is ...“ (en-US). Dictionary.com (2020-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
  17. Rao. „Dictionary.com Launches Free iPhone App“. Tech Crunch (2009-yil 8-aprel).
  18. Lane. „41 totally free educational resources for kids stuck at home“ (en). USA TODAY (2020-yil 18-mart). Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  19. Magid. „Dictionary.com Launches Tutoring and Learning Features to Combat Language Ambiguity and Learning Burnout in 2020“. eLearningInside News (2020-yil 28-oktyabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.

Havolalar

tahrir