Digambar
Digambar- jaynizmdagi firqalanishdan so‘ng paydo bo‘lgan ikki mazhabning mutaassib yo‘nalishi. Ular, Maxaviraga ergashishlari bilan bir qatorda, tamoman yalang‘och holda yuradilar. Ular xalos bo‘lish, najotga hamda abadiy rohat-farog‘atga faqat taqvodorlik bilan hayot kechirish orqaligina erishish mumkin, inson yalang‘och bo‘lganida o‘zida hayo, tortinish va uyalishni his qilayotgan bo‘lsa, demak, u hali dunyoga bog‘liq, chin zohid emas ekan, deb e’tiqod qiladilar. Bundan tashqari ular insonga xos bo‘lgan ko‘pgina tuyg‘u va hissiyotlardan ham voz kechganlar:sevgi yoki nafrat, qayg‘u yoki quvonch, issiq yoki sovuq, hayo yoki hayosizlik, yaxshi yoki yomon, ochlik yoki tashnalik, bularning barchasidan jaynist xoli bo‘lishi va bora-bora tinch, osuda va harakatsiz yashash tarziga ega bo‘lmogi lozim. Shuning uchun ham Jayniylikning eng ashaddiy tarafdorlari hatto oddiy kiyim kiyib yurishdan ham voz kechganlar. Keyinchalik musulmonlar ularga eng oddiy darajada kiyinib yurishni majburan qabul qildirganlar[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 155.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |